background
logotype
image1 image2 image3

Neftning paydo bo’lishi

(Ey Muhammad!) Eng oliy zot bo‘lmish Rabbingizning ismi bilan tasbeh ayting! Zero, U (barcha narsani) yaratib, barpo qilgan, barchaga munosib yo‘lni belgilab, (o‘sha yo‘lga) hidoyat qilib qo‘ygan, o‘tloqni undirib chiqarib, so‘ngra uni qoramtir xazon qilib qo‘ygan zotdir. («A'lo» surasi, 1-5-oyatlar)

Bizga ma'lumki, neft dengizdagi o‘simliklar va hayvonlarning qoldiqlaridan paydo bo‘ladi. Bular dengizning tubida millionlab yillar davomida chirigandan so‘ng u yerda faqat yog‘li moddalargina qoladi. Bu yog‘li moddalarning suv osti quyqasi va qoyalari tagida qoladiganlari keyinchalik neft va gazga aylanadi. Yer qobig‘idagi harakatlar ba'zida dengiz tubining qotishi va minglab metr chuqurlikda ko‘milib ketgan neftni o‘z ichiga olgan qoyalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shakllangan neft ba'zida bir necha kilometr pastlikdagi jinsli qatlamlarning teshiklari orqali sizib chiqib, yuzada bug‘lanadi (gazga aylanadi) va ortda juda ko‘p bitum qoldiradi.

«A'lo» surasining birinchi to‘rt oyatida ko‘rinadigan uchta element neft paydo bo‘lishi bilan o‘xshashdir. «O'tloq yoki yaylov» ma'nosini anglatuvchi «mar'aa» atamasi neft paydo bo‘lishidagi organik asosli moddalarni nazarda tutayotgan ko‘rinadi. Oyatdagi ikkinchi so‘z «ahvaa» qoramtir-yashil, yashilnamo qora, tim qora yoki qorakuya ranglarini tasvirlashda ishlatiladi. Bu so‘z yer ostida to‘plangan tashlandiq o‘simliklar moddasining asta-sekin qora rangga aylanishini tasvirlaydi deb o‘ylash mumkin, chunki bu so‘zlardan keyin «g‘usaa» so‘zi kelmoqda. «Xazon» deb tarjima qilingan «g‘usaa» so‘zi, «ko‘milib ketgan suv o‘simligi, vodiylarda to‘planayotgan va tarqalayotgan tashlandiq modda orqali kelib chiqqan o‘simliklar, chiqindi, barglar yoki ko‘pik» ma'nolarini ham anglatadi. So‘zda nazarda tutilgan «qayt qilish» degan ajralmas ma'noga qo‘shimcha qilib, uni «qayt qilingan moddani chiqarib tashlamoq» deb ham tarjima qilsa bo‘ladi va u yerning neftni «qayt qilib» tashlashini ham bildiradi. Aslida, neftning shakllanishi, uning paydo bo‘lish usuli, ko‘piksimon ko‘rinishi va rangi nuqtai nazaridan olib qaraganda, oyatlardagi so‘zlarning qanchalik donolik bilan ishlatilganligini ko‘rish mumkin.

Muhokama qilganimizdek, oyatdagi o‘simlikning qora va yopishqoq suyuqlikka aylanishi neftning shakllanishiga juda ham o‘xshab ketadi. Ko‘p yillar ilgari neftning paydo bo‘lishi noma'lum bo‘lgan bir paytda bunday ma'lumotning tasvirlanishi, shubhasiz, Qur'on Allohning vahiysi ekanligining yana bir isbotidir.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.