background
logotype
image1 image2 image3

Mikroskopik hayotning mavjudligi

Yer undiradigan narsalardan, o‘zlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat barcha juftlarni yaratgan (Alloh)ga tasbeh aytilur. («Yosin» surasi, 36-oyat)

... Yana sizlar (hali) bilmaydigan narsalarni ham yaratur. («Nahl» surasi, 8-oyat)

Yuqoridagi oyatlar Qur'on nozil qilingan paytda odamlarga noma'lum bo‘lgan hayot shakllari mavjudligi haqida xabar bermoqda. Chindan ham, mikroskopning kashf qilinishi bilan, bevosita ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan yangi jonzotlar inson tomonidan kashf qilindi. Shundan so‘ng, odamlar Qur'onda qayd etilgan bu hayot shakllarini o‘rganishga kirishdi. Boshqa oyatlar ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan va bitta hujayradan iborat mikroorganizmlarning mavjudligi haqvda shunday deydi:

Kofir bo‘lgan kimsalar: «Bizlarga qiyomat kelmas», - dedilar. Ayting: «Yo‘q! G'aybni biluvchi Rabbimga qasamki, shak-shubhasiz, u (qiyomat) sizlarga kelur! Osmonlar va Yerdagi bir zarra misqolicha, undan ham kichik (yoki) katta biror narsa Undan maxfiy bo‘lmas va albatta, (u) aniq Kitobda (Lavhul-mahfuzda) mavjuddir». («Saba'» surasi, 3-oyat)

... Yerda, xoh osmonda biror zarra mitsdorida yoxud undan kichikroq narsa ham Rabbingizdan chetda qolmaydi, balki (u) aniq bitik (Lavhul-mahfuz)da bordir. («Yunus» surasi, 61-oyat)

Butun sayyorada tarqalgan bu sirli dunyo, boshqacha qilib aytganda, mikroorganizmlar Yer yuzidagi hayvonlarga qaraganda 20 marta ko‘proq a'zolarga ega. Ko‘zga ko‘rinmas bu mikroorganizmlarga bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar, suv o‘tlari va Akarida (kana) lar kiradi. Ular Yerdagi hayotning muvozanatini saqlab turuvchi muhim elementlar hamdir. Misol uchun, Yer yuzida hayot shakllanishining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan azotning aylanishi bakteriyalar orqali mavjud bo‘lishi mumkin. Ildiz zamburug‘lari o‘simliklardagi eng muhim element bo‘lib, ular tuproqdan minerallarni yutishda yordam beradi. Bizning tilimiz sirtidagi bakteriyalar esa salat va go‘sht kabi tarkibida nitrat bo‘lgan oziq-ovqatlardan zaharlanishimizning oldini oladi. Shu bilan birga, ma'lum bakteriyalar va suv o‘tlari Yerdagi hayotning asosiy elementi, fotosintezni sodir etish qobiliyatiga ega va ular bu vazifada o‘simliklar bilan hamkorlik qiladilar. Akarida oilasining ba'zi a'zolari organik moddalarni parchalaydi va ularni o‘simliklarga mos o‘g‘itlarga aylantiradi. Ko‘rib turganimizdek, zamonaviy texnologik jihozlar yordamida o‘rganilgan bu kichik hayot shakllari inson hayoti uchun juda muhim.

O'n to‘rt asr muqadam Qur'on bizning ko‘zimiz bilan ko‘rib bo‘lmaydigan jonzotlarning mavjudligi haqida xabar bergan edi. E'tiborni tortadigan bu maftunkor mo‘jiza Qur'on oyatlari ichida mavjuddir. (Qarang: Horun Yahyo. Mikrodunyo mo‘jizalari.)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.