Makkaning fath etilishi
Qasamki, Alloh O'z payg‘ambariga (u ko‘rgan) tushni ro‘yobga chiqardi, albatta, sizlar (ey, mo‘minlar!) Masjidul-haromga emin-erkin, boshlaringizni (sochlaringizni) qirdirgan va (yoki) qisqartirgan hollaringizda qo‘rqmasdan kirursiz, inshoalloh. Bas, (Alloh) sizlar bilmagan narsani bilib, undan (Makka fathidan) oldin yaqin bir g‘alabani (Xaybar g‘alabasiga ega) qildi. («Fath» surasi, 27-oyat)
Madinada o‘tgan tunlarining birida Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) mo‘minlarning Muqaddas masjidga (Masjidul-haromga) kirganlarini va Ka'ba atrofida aylanib yurganlarini o‘z tushlarida ko‘rdilar.
Uyg‘onganlaridan so‘ng bu xushxabarni mo‘minlarga, ya'ni Makkadan Madinaga u bilan birga hijrat qilgan va o‘shandan buyon u yerga qayta olmaganlarga yetkazdilar.
«Fath» surasining 27-oyatida Alloh Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga O'zi yordam berishi va qo‘llab-quvvatlashi, uning tushi rost ekanligi hamda mo‘minlarning Makkaga kirajaklarini vahiy qiladi. Bir oz fursatdan keyin Hudaybiyya sulhi hamda Makkaning fath etilishi natijasida mo‘minlar, xuddi Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning tushlarida ayon bo‘lganidek, Muqaddas masjidga hech qanday xavf-xatarsiz kirdilar. Shu tariqa Alloh O'z xohishi bilan Payg‘am-barimiz (s.a.v.)ning tushlari ro‘yobga chiqishini iroda etdi.
E'tibor qilsak, bu oyat Makka fathidan oldin qo‘lga kiritiladigan boshqa bir g‘alaba haqida ham xabar berayotganini, ya'ni ular Makkaga kirishlaridan oldin yahudiylar nazorati ostida bo‘lgan Xaybar qo‘rg‘onini zabt etishlarini ko‘rishimiz mumkin.196
Makkaning fath etilishi haqidagi xabarlar boshqa oyatlarda quyidagicha nozil qilingan:
U(Alloh) Makkaning ichkarisida (kechgan jangda) ularning (Makka mushriklarining) ustidan sizlarni yulib qildirganidan keyin ularning qo‘llarini sizlardan, sizlarning qo‘llaringizni ulardan to‘sgan (jangni to‘xtatgan) zotdir. Alloh qilayoggan amallaringizni ko‘rib turuvchidir. («Fath» surasi, 24-oyat)
(Ey, Muhammad!) Biz Sizga anits fath (g‘alaba) baxsh etdik. (Bu fath) Siz uchun Allohning oldingi va keyingi gunohlaringizni kechishi, Sizga O'z ne'matini mukammal qilib berishi, Sizni To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilishi, shuningdek, Allohning Sizga kuchli yordam berishi uchundir. («Fath» surasi, 1-3-oyatlar)
«Isro» surasining 76-oyatida mushriklar Makkada uzoq qola olmasligi haqida xabar beriladi:
Ular Sizni (bu) yerdan (Makkadan) chiqarib yuborish uchun qo‘zg‘ab yuborishlariga oz qoldi. U taqdirda o‘zlari ham Sizdan keyin ozgina (muddat) tura olardilar, xolos. («Isro» surasi, 76-oyat)
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hijratdan so‘ng 8 (milodiy 630) yilda Makkaga kirib, uni fath qildilar. Ikki yildan so‘ng, xuddi Alloh vahiy qilganidek, mushriklar Makkadan chiqib ketadilar. Bu yerda e'tiborga molik narsa shundaki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mo‘minlarga xushxabar yetkazganlarida hech qanday ortiqcha savol tug‘ilmagandek edi. Aslida, vaziyat aksincha tus olgan va mushriklar Makkaga mo‘minlarni hech qachon kiritishga yo‘l qo‘ymaslikka ahd qilishgan edi. Natijada odamlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning so‘zlariga ham shubha bilan qaray boshladilar. Ammo Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Allohga ishonar va shirk keltiruvchilarning so‘zlariga parvo qilmas edilar hamda Allohning unga vahiy qilganini odamlarga so‘zlar edilar. Qur'on uning so‘zlarini tasdiqladi va bashorat shundan so‘ng qisqa vaqt ichida ro‘yobga chiqdi.
__________
196. Imom al-Taboriy, Taberi Tefsiri (Taboriy tafsiri), (Istanbul: Umit Yayincilik), 5:2276.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Tahorat kitobi
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.