background
logotype
image1 image2 image3

Loydan yaratilish

Qur'onda Alloh insonning yaratilishini mo‘jiza deb vahiy qiladi. Alloh birinchi insonni loyni odam shakliga keltirib, so‘ng unga puflab ruh kirgizish orqali yaratgan:

Eslang, Rabbingiz farishtalarga degan edi: «Albatta, men loydan bir odam yaratguvchidirman.Bas, qachonki, uni rostlab, unga ruhimdan puflaganimdan so‘ng, unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz.» («Sod» surasi, 71-72-oyatlar)

Bas, (Ey, Muhammad! Makka kofirlaridan) so‘rang-chi, ular(ni) yaratish qiyinroqmi yoki Biz yaratgan narsalarnimi?! Zotan, Bizularni (Odamni) yopishqoq loydan yaratgandirmiz.(«Soffot» surasi, 11-oyat)

Bugungi kunda inson tanasi o‘rganilganda, tuproqda mavjud bo‘lgan ko‘plab elementlarning tanada ham uchrashi kuzatilishi mumkin. Tirik to‘qimalarning 95% i uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor va oltingugurt va jami 26 ta elementdan tashkil topgan.95 Qur'onning boshqa bir oyatida bizga shunday deyiladi:

Qasamki, Biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik. («Mu'minun» surasi, 12-oyat)

Oyatda «sarasi» deb tarjima qilingan arabcha «sulaalah» so‘zi «vakil bo‘luvchi namuna, ekstrakt» degan ma'nolarni anglatadi. Ko‘rib turganimizdek, 1400 yil muqaddam Qur'onda nozil qilingan ma'lumot zamonaviy fan bizga ma'lum qiladigan haqiqatni, ya'ni tuproqda topiladigan elementlarning inson yaratilishida ishlatilganligini tasdiqlaydi.

Quyidagi jadvalda og‘irligi 70 kg (140 funt) bo‘lgan odamdagi elementlarning taqsimoti ifodalangan.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.