background
logotype
image1 image2 image3

Koinotning yakun topishi va halokatli siqilish

Biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, koinotning yaratilishi qattiq portlash bilan boshlangan edi. Mana shu paytdan boshlab koinot to‘xtovsiz kengayib bormoqda. Olimlarning aytishicha, koinotning massasi kerakli darajaga yetib borganda bu kengayish koinotning o‘z-o‘zidan yig‘ilishiga sabab bo‘luvchi tortishish kuchi tufayli yakun topadi.3

Shuningdek, qisqarayotgan koinot juda o‘tkir issiqlikda nihoyaga yetadi, deb ham faraz qilinadi va bu qisqarish «halokatli sikilish» nomi bilan ma'lum. Bu biz bilgan barcha turdagi hayot shakllariga yakun yasaydi. Stanford universitetining fizik professorlari Renata Kallosh va Andrey Lind shu mavzuda quyidagicha xulosa qilganlar:


Halokatli siqilish nazariyasi shu narsani ta’kidlaydiki, Katta portlash bilan kengayishi boshlangan koinot o‘z-o‘zidan katta tezlikda yig‘iladi. Bu nazariyaga ko‘ra, koinotning bunday yig‘ilishi koinot o‘zining bor massasini yo‘qotguncha va cheksiz zichlikdagi bitta nuqtaga aylanib qolguncha davom etadi. 

Koinotning taqdiri yig‘ilib kelish va g‘oyib bo‘lish bilan tugashi mumkin. Biz hozir ko‘rib turgan va uzoq masofalardagi biz ko‘ra olmaydigan barcha narsalar proton zarrasidan ham kichik bo‘lgan nuqtaga yig‘ilib keladi. O'sha joyda siz o‘zingizni xuddi «qora tuynuk«ka tushib qolgandek his qilasiz... Agar qora kuchni tasvirlashga bir oz harakat kiladigan bo‘lsak, biz shuni anikdadikki, u asta-sekin salbiy (manfiy) bo‘la boradi, bu esa koinotning beqaror bo‘lishi, so‘ng inkirozga yuz tutishiga sabab bo‘ladi ... Fiziklar qora kuchning salbiy bo‘lishini va koinotning juda yaqin kelajakdagi bir paytda inqirozga yuz tutishini bilib kelishgan... lekin biz endi shunga aminmizki, biz koinot hayot davrining boshida emas, balkio‘rtasidamiz.4

Halokatli siqilish haqidagi bu ilmiy gipoteza Qur'onda qanday ta'riflanganini quyidagi oyatdan bilib olasiz:

U kunda Biz osmonni xuddi maktub yozilgan sahifani o‘ragan kabi o‘rab, birinchi marta qanday yaratgan bo‘lsak, (o‘sha yaxlit holiga) qaytarurmiz. (Bu) Bizning zimmamizdagi va'dadir. Albatta, Biz (shunday) qiluvchidirmiz. («Anbiyo» surasi, 104-oyat)

Boshqa bir oyatda, falak haqidagi bu holat shunday tasvirlanadi:

Ular Allohni haqqoniy (ravishda) qadrlamadilar (tanimadilar). Butun Yer qiyomat kunida Uning bir tutamidir. Osmonlar esa, Uning «qo‘li»ga yig‘iluvchidir. U ularning keltirayotgan shirklaridan pok va yuksakdir! («Zumar» surasi, 67-oyat)

Halokatli siqilish nazariyasiga ko‘ra, koinot sekinlik bilan yig‘ila boradi va so‘ng bu juda tezlashib ketadi. Bu jarayonning oxirida koinot cheksiz zichlikka erishadi va o‘ta issiq hamda kichik bo‘lib qoladi. Bu ilmiy nazariya, Qur'onning shu ilmiy g‘oyani tushuntirishi bilan barobardir. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

_______________
3. Filipp Boll, «Black Crunch Jams Universal Cycle» (Mash’um Halokatli siqilish koinot davrini tig‘izlaydi), Nature, 23 dekabr, 2002; Doktor Devid Uaythaus, «Universe is «doomed to collapse» (Koinotning «yakun topishi muqarrar»), BBC News Online, 22 oktyabr, 2002, http://news.bbc.co.uk/1/hi/sci/tech/2346907.stm; va Mark Shvarts, «Cosmic «big crunch» could trigger an early demise of our universe» (Kosmik «Halokatli siqilish» koinotimizning halokatini boshlab berishi mumkin), Stanford Report, 23 sentyabr, 2002. 
4. Mark Shvarts, «Cosmic «big crunch» could trigger an early demise of our universe» (Kosmik «Halokatli siqilish» koinotimizning halokatini boshlab berishi mumkin), Stanford Report, 25 sentyabr, 2002. 


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.