background
logotype
image1 image2 image3

Koinotdagi mukammal muvozanat

(U) yetti osmonni qatma-qat qilib yaratgan zotdir. (Ey inson!) Rahmonning yaratishida biror tafovutni (nuqsonni) kurmaysan. Bas, ko‘zingni yana (samoga) qaytargin-chi, (unda) biror yoriqni ko‘rarmikansan? So‘ngra ko‘zingni qayta-qayta (samoga) qarat, ko‘zing senga xor va toliqqan holda qaytur. («Mulk» surasi, 3-4-oyatlar)

Koinotdagi milliardlab yulduzlar va galaktikalar ular uchun tayinlab qo‘yilgan yo‘llardan mukammal bir muvozanatni saqlagan holda harakat qiladi. Yulduzlar, sayyoralar va yo‘ldoshlar nafaqat , o‘z o‘qi atrofida, balki ular kiradigan sistema bilan ham birgalikda aylanadilar. Ba'zida 200-300 milliard yulduzdan iborat galak-tikalar bir-birlarining yo‘llarini kesishgan holda harakatlanadi. Hayratga solarli tomoni shundaki, koinotdagi bunday ajoyib tartibni barbod qilishi mumkin bo‘lgan biror to‘qnashuv yuz bermaydi. Bu shunday mo‘jizaki, u bizning hech birimizni befarq qoldirmaydi.

Koinotda tezlik tushunchasi yerdagi kattaliklar bilan taqqoslaganda juda katta o‘lchamlarni keltirib chiqaradi. Yulduzlar, sayyoralar, galaktikalar va galaktikalarning konglomeratlari (ularning sonli xossalari faqatgina matematiklar tomonidan tushunilishi mumkin) milliardlab yoki trillionlab tonna og‘irlikka ega bo‘lib, g‘ayrioddiy tezlikda harakatlanadilar.

Misol uchun, Yer soatiga 1670 km (1038 milya) tezlikda aylanadi. Agar biz bugungi kunda eng tez uchadigan o‘q soatiga o‘rtacha 1800 km tezlikka ega bo‘ladi deb hisoblasak, biz Yerning ulkan hajm va massasiga qaramasdan qanchalik tez harakatlanayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin.

Quyosh atrofida aylanayotgan Yerning tezligi o‘qning tezligiga qaraganda 60 marta katta: soatiga 108000km. Agar biz mana shu tezlikda harakat qila oladigan mashina yarata olganimizda edi, u yerni 22 daqiqada aylanib chiqa olar edi. Bu raqamlar faqat Yergagina taalluqlidir.

Quyosh sistemasi uchun bu raqamlar undan-da hayratlanarli. Bu sistemaning tezligiga aql bovar qilmaydi: koinotdagi sistemalar qanchalik katta bo‘lsa, ularning tezligi ham shunchalik kattadir. Galaktikaning markazi atrofida Quyosh sistemasining harakat tezligi soatiga 720000 km ga teng. 200 milliard yoki undan ko‘proq yulduzga ega bo‘lgan Somon yo‘li koinot bo‘ylab soatiga 950000 km tezlikda harakat qiladi.

Bunday chigal va tez harakatli sistemada, shak-shubhasiz, juda katta to‘qnashuvlar bo‘lish xavfi bor. Biroq aslida bunga o‘xshash hech qanday voqea yuz bermaydi va biz batamom xavf-xatardan xoli o‘z hayotimizni davom ettiramiz. Chunki koinotdagi har bir narsa Alloh tomonidan o‘lchab qo‘yilgan benuqson muvozanatga ko‘ra amal qiladi. Mana shu sababdan ham, xuddi oyatda xabar berilganidek, bu sistemada «tafovut» mavjud emas.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.