background
logotype
image1 image2 image3

Horun Yahyo haqida

Horun Yahyo taxallusi ostida ijod qiluvchi muallif 1956 yilda Anqarada tavallud topdi. Anqarada boshlang‘ich va umumta'lim maktablarini bitirgach, u Istanbul Me'mor Sinon universitetida nafis san'at va Istanbul universitetida falsafa yo‘nalishida tahsil oldi. 1980 yildan buyon u ko‘plab siyosiy, ilmiy va diniy nashrlarni chop etgan. Horun Yahyo evolyutsionerlarning soxtaligini, ularning behuda da'volarini, darvinizm va fashizm hamda kommunizm deb atalmish illatli g‘oyalar o‘rtasidagi mash'um rishtalarni fosh qiluvchi muhim asarlar muallifi sifatida ma'lum va mashhurdir.

 Muallifning taxallusi o‘z qavmining dinsizligiga qarshi kurashgan ikki aziz Payg‘ambar - Horun va Yahyo ismlaridan tuzilgan bo‘lib, uning kitoblari muqovasidagi Muhammad Payg‘ambar (s.a.v.)ning muhri ramziydir va u kitoblarning mazmuniga bog‘langandir. Bu muhr oxirgi Muqaddas Kitob bo‘lgan Qur'on va Payg‘ambarlarning eng oxirgisi Muhammad (s.a.v.) degan ma'noni anglatadi. Muallif Qur'onning yo‘riqlari va sunnat amallari (Payg‘ambar (s.a.v.) ning hadislari) ostida Allohni inkor etuvchi g‘oyaviy aqidalarning har biri asossiz ekanligini tubdan isbotlash va eng so‘nggi yangiliklar bilan xulosalash, shuningdek, dinga qarshi ko‘tarilgan e'tirozlarga batamom barham berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. U yuksak donolik va ma'naviy barkamollikka erishgan oxirgi Payg‘ambar (s.a.v.) ning muhridan eng so‘nggi yangiliklarni e'tiborga havola etish maqsadida, o‘z ko‘ngliga tugib qo‘ygan niyatining ramzi sifatida foydalanadi.

Horun Yahyoning barcha asarlari bitta ezgu maqsad sari, ya'ni Qur'onning xabarlarini yetkazish, Allohning mavjudligi, uning yagonaligi va o‘limdan keyingi hayot kabi asosiy diniy masalalarni mulohaza qilishga o‘quvchilarni ruhlantirish va Xudosiz tuzumlarning zaif asoslari hamda noto‘g‘ri g‘oyalarini fosh qilishga qaratilgan. Horun Yahyo Hindistondan tortib Amerikagacha, Angliyadan tortib Indoneziyagacha, Polshadan tortib Bos niyagacha va Ispaniyadan tortib Braziliyagacha keng kitobxonlar ommasiga ega. Uning ba'zi kitoblari ingliz, frantsuz, nemis, ispan, italyan, portugal, urdu, arab, alban, rus, serb, polyak, malayi, uyg‘ur va indonez tillariga tarjima qilingan.

Butun dunyoda juda qadrlanib kelinayotgan bu kitoblar ko‘plab insonlarni Allohga imon keltirishga va yana ko‘plarga esa o‘z dinlariga chuqurroq, qalban nazar tashlapglariga yordam beruvchi manba vazifasini o‘tab kelmokda. Uning kitoblaridagi donolik va samimiyat hamda tushunishga oson va aniq uslub har qanday kishiga bevosita ta'sir qiladi. Bu kitoblar ustida jiddiyroq mulohaza yuritgan shaxs dahriylik yoki boshqa bir noto‘g‘ri goya, yoki materialistik falsafani ortiqcha olg‘a sura olmaydi, chunki bu kitoblar o‘zining tez ta'sirchanligi, aniq natijalari va inkor qilib bo‘lmaydigan dalillari bilan xarakterlidir. Hatto shunda ham bu shaxs o‘z tutgan yo‘lida davom etsa, bu bor-yo‘g‘i uning o‘z qarashlarini o‘jarlik bilan o‘zgartirmasligidan dalolatdir, chunki bu kitoblar soxta goyalarni butunlay rad etadi. Dinni inkor etuvchi barcha zamonaviy harakatlar hozirgi kunda Horun Yahyo tomonidan yozilgan kitoblar sharafi bilan goyaviy jihatdan bartaraf etildi.

Bu, shubhasiz, Qur'ondagi donolik va zukkolik natijasidandir. Muallifning kamtarona niyati Allohning haq yo‘lida insoniyatning izlanish vositasi sifatida xizmat qilishdir. Bu kitoblarni nashr qilishdan u biror moddiy manfaat ko‘zlagani yo‘q.

Shu asnoda, insonlar ongida chalkashliklarni yuzaga keltiradigan, ularni goyaviy tartibsizliklarga boshlaydigan, shu bilan birga, odamlar qalbidagi shubha-gumonlarga barham berolmaydigan, zaif va aniq ta'sir kuchiga ega bo‘lmagan boshqa kitoblarni targib qilish behuda vaqt hamda kuch sarflashdan boshqa narsa emas. Horun Yahyo qalamiga mansub kitoblar esa aksincha. Bunga gumon ko‘zi bilan qarovchilar Horun Yahyo yozgan kitoblardagi yagona maqsad - ishonchsizlikni bartaraf qilish va Qur'onning ma'naviy qadriyatlarini yoyish ekanligini birdan fahmlab olishi tabiiy. Bu xizmatning yutugi va nufuzi o‘quvchining e'tiqodida yaqqol aks etadi.

Shu narsani doim yodda tutmoq lozim: ko‘pchilik odamlar tomonidan to‘xtovsiz davom ettirilayotgan jabr, zulm, shafqatsizlik, ixtilof va boshqa ogir musibatlarning bosh sababi dahriylikning keng g‘oyaviy yoyilganligidadir. Bu jaholat faqat dahriylikni goyaviy jihatdan barbod qilish va olam ajoyibotlari hamda Qur'on o‘gitlarini insonlar ongiga singdirish, ularni bu fazilatlar bilan yashashga undash orqaligina tugatilishi mumkin. Zo‘ravonlik, fahsh va nizolar chuqur ildiz otib borayotgan bu dunyoning bugungi holatini nazarda tutgan holda, albatta, bu xizmat zudlik hamda samaradorlik bilan ko‘rsatilishi darkor, aks holda ancha kech bo‘lishi mumkin.

Horun Yahyoning kitoblari yuqorida qayd etilgan ezgu niyatlar yo‘lida xizmat qiladi. Allohning xohish-irodasiga ko‘ra, bu kitoblar XXI asr insonlarining Qur'oni Karimda va'da qilingan tinchlik, adolat va baxt-saodatga erishuvida yordam beradi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.