Hidning uzatilishi
U (Yusuf) dedi: «Bu kun sizlarga nisbatan ayblov yo‘q. Alloh sizlarni mag‘firat qilgay. U rahm qiluvchilarning rahmlirog‘idir. Sizlar mana bu qo‘ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, shunda ko‘radigan bo‘lib qolur. So‘ng barcha ahlu oilalaringiz bilan birga mening oldimga kelingiz!» Karvon (Misrdan) chiqishi bilan otalari (Ya'qub o‘z huzuridagi kishilarga): «Men Yusufning hidini sezmoqdaman. Meni aqldan ozganga chiqarmasangiz, bas», - dedi. («Yusuf» surasi, 92-94-oyatlar)
Zamonamiz olimlarining ma'lum qilishlaricha, yaqin kelajakda atomlar va bo‘y (hid) molekulalarini teleportatsiya qilish imkoniyati yuzaga kelishi mumkin.
«Yusuf» surasining 94-oyatida Yusuf Payg‘ambar (a.s.)ning otasi o‘g‘lining hidini sezayotganligini aytadi. Olimlar ham yaqin orada xuddi rasmlar va uch o‘lchovli tasvirlar jo‘natilgani kabi, hidlar jo‘natilishi mumkinligini ta'kidlashmoqda. Demak, bu oyat hozirgi tadqiqotdan hidni olib uzatish usuli kelib chiqadigan jadal texnologiyadan bir alomat bo‘lishi mumkin.
Xuddi boshqa sezgi tuyg‘ularimiz kabi, hid ham miyada shakllanadi. Masalan, limon po‘chog‘ining molekulalari burunning hid bilish retseptorlarini qo‘zg‘atadi, so‘ng bu retseptorlar ularni elektr signallari shaklida miyaga tahlil uchun uzatadi. Demak, hidning signali sun'iy ravishda boshqa shaklda hosil qilinsa, hid xuddi shu shaklda idrok etilishi tabiiy. Chunonchi, «elektron burun» mana shunday tadqiqot sohalaridan biri bo‘lib, u ham yaqin kelajakda haqiqatga aylanishi turgan gap.
Insonning hidni idrok etish tizimi shug‘ullantirilgan burun uchun 10000 tagacha bo‘yni nomlash va farqlay olishga imkoniyat yaratishi mumkin. Parfyumeriya (duxi) biznesi bilan shug‘ullanuvchi, maxsus kimyoviy mashg‘ulotlardan o‘tgan professionallar yuzlab turli xushbo‘y moddalardan tarkib topgan atirni hidlab, so‘ng uning tarkibiy qismlarini sanab bera olish qobiliyatiga egadirlar.201 Inson burnidagi bu buyuk ixtiro ko‘plab olimlarga xuddi shunday jihoz yaratishga dalda berdi. Turli tadqiqot va rivojlantirish markazlarida insonning bunday hidni idrok etish tizimi nusxasini yaratishga urinishlar davom etmoqda. Shu asnoda, ishlab chiqilgan modellar «elektron burun» atamasi bilan nomlanadi.
Duftspezialisten firmasi tomonidan ishlab chiqilgan USB-P@d apparati shaxsiy kompyuterlarga ulardan foydalanuvchilarning didiga ko‘ra hidlar taratish imkoniyatini yaratadi. Hid uzatuvchi bu apparat yordami bilan diskovod kompyuter-nazoratli havo oqimini yo‘lga qo‘yishi mumkin. Hid 20 xil moylar bilan to‘ldirilgan almashuvchan katrijdan keladi. Kompyuter nazorat qiladigan bu hidlar tabiatdan o‘ziga xos tovush hamda tasvirlarni ham ta’minlashi mumkin. |
Inson burnining retseptorlari oqsillardan tashkil topgan, uning elektron vazifadoshida esa ular bir qator kimyoviy retseptorlardan tuzilgan. Har bir retseptor turli hidlarni topishga mo‘ljallangan, ularning farqlash qobiliyati qanchalik oshirilsa, mahsulotni ishlab chiqish shunchalik qiyinroq va narxi qimmatroq bo‘ladi. Datchiklar tomonidan qabul qilinadigan signallar elektron tizimlar vositasida ikkilik kodlarga aylantiriladi va so‘ng kompyuterga uzatiladi. Elektron tizimlarga hidni topish uchun mas'ul nerv hujayralarining taqlidi sifatida qaralsa, kompyuterni miya deb o‘ylash mumkin. Kompyuter ma'lumotlarni tahlil qilishga dasturlashtirilib qo‘yiladi va shu tariqa ikkilik kod signallarini fahmlaydi.
Elektron burunlar hozirgi paytda oziq-ovqat, parfyumeriya va kimyo sanoatlari hamda tibbiyotda ishlatilmoqda. Universitetlar va Xalqaro tashkilotlar ham bunday loyihalarga katta yordam bermoqda. Shunday bo‘lsa-da, Uorik universiteti xodimi Julian U. Gardner ta'kidlaganidek, tadqiqotchilar hamon bu texnologiyaning ilk bosqichidadirlar.202
NASA tadqiqotchilari fazoni tadqiq qilish uchun o‘ta sezgir sun'iy burun yaratishmoqda. Deyarli har qanday tarkibni farqlay olishga dasturlashtirilishi mumkin bo‘lgan bu qurilma inson burniga nisbatan ancha sezgirroq U kelgusida zakovat xavfsizligi tizimining bir qismi sifatida xizmat qiladi va kosmik stantsiyada xavfli moddalarni topishga qodir bo‘ladi.203
__________
201. Elis Hankok, «A Primer on Smell» (Hid alifbosi) Johns Hopkins Magazine, sentyabr, 1996.
202. MiaShmvdeskamp, «Plenty To Sniff At» Scientific American, mart, 2001, www.sciam.com/2001/0301issue/0301techbus1.html
203. «Electronic Nose» (Elekgron burun), 6 oktyabr, 2004, http://science.nasa.gov/headlines/y2004/06oct_enose.htm?list1037616
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.