background
logotype
image1 image2 image3

Hayz ko’rish davri

Hayz ko‘rish davri urug‘lanmagan tuxumlarning tanadan haydalish jarayonidir. Urug‘lanish sodir bo‘lmaganligi sababli, oldindan tayyorgarlik ko‘rgan bachadon devorlari qisqaradi va kichik qon tomirlarining yorilishi bilan tuxumlar haydaladi. So‘ngra tana butun jarayonni yana qaytadan takrorlash uchun tayyorgarlikni boshlaydi.

Bu bosqichlarning barchasi hamma ayollarda ma'lum bir davrda, 21-28 kunda takrorlanib turadi. Har oy yangi tuxumhujayralar paydo bo‘ladi, bir xil gormonlar ajraladi va bular yana takror-takror bir xil paytda sodir bo‘ladi. Shu tarzda, ayolning organizmi navbatdagi urug‘lanish jarayoniga tayyorgarlik ko‘radi. Biroq oxir-oqibat tuxumhujayraning spermatozoid bilan urug‘lanishi organizmdagi tayyorgarlik jarayonining tabiatini o‘zgartirib yuboradi.

Bu davr mobaynida bachadon ichida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar faqatgina anatomik yoki ginekologik tekshiruvlar orqali kuzatilishi mumkin. Ammo olimlar tomonidan o‘rganilgan bu o‘zgarishlar «Ra'd» surasida mo‘jizakorona qayd qilgan:

Faqat Allohgana har bir ayol (qornida) olib yuradiganni hamda bachadonnnig har bir qisqarishi yoki shishini bilur. Uning dargohida har bir narsa o‘lchovlidir. («Ra'd» surasi, 8-oyat)

Hayz ko‘rish davrining boshida bachadon devorining shilliq qavati 0,5 mm (0,02 dyuym) qalinlikda bo‘ladi. Tuxumdondan ishlab chiqarilgan gormonlar ta'siri ostida bu qatlam o‘sadi va 5-6 mm (0,2 dyuym) gacha qalinlashadi. Keyin bu qatlam urug‘lanish sodir bo‘lmaganligi uchun bachadon devoridan ajralib, «hayz» sifatida 2-3 kun davomida butunlay tashqariga chiqariladi. Yuqoridagi oyatdan ko‘rinib turibdiki, bachadon devorlaridagi bu oylik o‘sish va kamayish Qur'onda qayd etilgan.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.