background
logotype
image1 image2 image3

Harakat, yuvinish va suv ichishning sog’likka foydalari

Qur'onda qayd etilgan odob shakllaridan biri Ayyub Payg‘ambar (a.s.)ga munosib ko‘rilgan vahiyda yashiringan:

(Ey, Muhammad!) Bandamiz Ayyub Parvardigoriga nido qilib: «Meni shayton mashaqqat va azobga tutdi», - degan paytini eslang! (Shunda unga aytildi): «Oyog‘ing bilan (erni) tepgin! (chashma otilib chiqur). Mana shu chumiladigan va ichimlik sovuq suvdir». («Sod» surasi, 41-42-oyatlar)

Shayton tomonidan Ayyub Payg‘ambar (a.s.)ga toliqish va dard bilan ozor berilganida Allohning unga bergan maslahati «oyoq bilan depsinish»dir. Oyatdagi bu ibora harakat qilish yoki sportning foydalarini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin.

Sport bilan shug‘ullanganda, ayniqsa, oyoqlardagi kabi uzun mushaklar harakatga keltirilganda (izometrik harakatlar) tomirlarda qon oqishi tezlashadi va hujayralarga boradigan kislorod miqdori ko‘payadi. Natijada kishining toliqishi ketadi va tanadan zaharli moddalarning haydalishi tufayli, u jonlanadi.153 Shu bilan bir vaqtda, tana mikroblarga qarshi kuchli qarshilikka ega bo‘ladi. Muntazam mashq qilib turadigan odamlar arteriya qon tomirlarini keng, toza saqlaydi va bu qonning quyuqlashib qolishi hamda yurak kasalliklarining oldini oladi.154 Jumladan, muntazam mashqlar qondagi qand nisbatini barqaror-lashtirib, diabetning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Sportning jigarga keltiradigan foydali ta'siri shundaki, u foydali xolesterinning miqdorini oshiradi.155

Yana shu narsani qayd etish lozimki, oyoqyalang yurish tana orqali yig‘ilib qolgan statik elektr quvvatini yerga o‘tkazib yuborishning juda samarali yo‘lidir. U tananing yerga ulangan simi sifatida xizmat qiladi.

Oyatda ta'kidlanganidek, cho‘milish ham tanadagi statik elektrni zaryadsizlantirishning eng samarali usulidir. Jismoniy pokizalikni ta'minlash bilan birga, cho‘milish stress hamda tarang-likni ham bo‘shashtiradi. Shuning uchun cho‘milish ko‘p jismoniy va psixologik kasalliklar, ayniqsa, stress hamda asab buzilishida sog‘lomlashtiruvchanlik ta'siriga ega.

Oyatda cho‘milish bilan bir qatorda, suv ichish ham tavsiya etiladi. Suvning tanadagi barcha organlarga bo‘lgan foydali ta'sirini nazardan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Ter bezlari, oshqozon, ichaklar, buyraklar va teri kabi ko‘plab organlarning sog‘ligi bevosita tanada yetarli miqdorda suv bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu kabi organlar funktsiyalarining buzilishini davolash ularni qo‘shimcha suv bilan ta'minlash orqali amalga oshirilishi mumkin. Horg‘inlik, charchoq va lanjlikning davosi tanadagi suv miqdorini oshirish va shu tariqa g‘uborlarni tozalash orqali topiladi.

Bizning jismoniy va aqliy sog‘lig‘imiz uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan bu tavsiyalarning har birini amalda qo‘llash juda yaxshi natijalarni keltirib chiqaradi. Bu tavsiyalarning har biri «(Biz) Qur'onda mo‘minlar uchun shi-fo va rahmat bo‘lgan (oyat)larni nozil qilurmiz ... («Isro» surasi, 82-oyat)»degan oyatning tasdig‘i hamdir.

 __________
153. Prof. Fehmi Tunsel, Bilim Teknik (Fan va texnologiya), yanvar, 1993. 
154. Barbara A. Brehm, «Your Health and Fitness» (Sizning sog‘ligingiz va tetiklik), Fitness Management Magazine, 1990. 
155. Kasliin Mullen, Some Benefits of Exercise (Mashq qilishning foydalari), (Medical Times C. Brown Publishers: 1986). 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.