background
logotype
image1 image2 image3

Fazoning tadqiq etilishi

Insoniyatning fazoni tadqiq etishi 1957 yil 4 okgyabrda Sovet sun'iy yo‘ldoshi - Sputnikning uchirilishi bilan avj olib ketdi. Ma'lum vaqt o‘tgach, u Yerning atmosferasini ortda qoldirib, birinchi bor Sovet fazogiri Yuriy Gagarinni falakka olib chiqdn 1969 yilning 20 iyulida esa amerikalik astronavt Neyl Armstrong Oyga qadam bosgan birinchi inson zoti bo‘lib, tarix sahifalarida muhrlandi.

Darhaqiqat, bunday taraqqiyot va qo‘lga kiritiladigan yutuqlarning bir kun kelib amalga oshishi Qur'onda vahiy qilingan edi. Chunonchi, Alloh bizning diqqatimizni quyidagi oyatda keltirilgan haqiqatga jalb etadi:

Ey, jinlar va insonlar jamoasi! Agar sizlar osmonlar va Yer hududlaridan o‘tib ketishga qodir bo‘lsangiz, o‘tib ketaveringiz! Kuch-qudratsiz sira o‘tib keta olmagaysiz! («Ar-Rahmon» surasi, 33-oyat)

Bu yerda «kuch-qudrat» deb tarjima qilingan arabcha «sultan» so‘zi boshqa ma'nolarga ham ega: quvvat, yuqori hokimiyat, hukmronlik, qonun, yo‘l, ruxsat, qoldirib ketish, tasdiqlash, isbot.

Agar yaxshilab mulohaza yuritadigan bo‘lsak, yuqoridagi oyatda insoniyat faqat ortiq darajadagi quvvat bilangina Yer va osmon qa'riga sho‘ng‘iy olishi mumkin. Mana shu ortiq darajadagi quvvat, kuch-qudrat olimlarning ulkan yutuqlarini qo‘lga kiritishiga imkon bergan XX asrning qudratli texnologiyalari bo‘lishi ehti-moldan xoli emas.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.