background
logotype
image1 image2 image3

Bulutlarning og’irligi

Bulutlarning og‘irligi juda hayratlanarli miqdorlargacha borib yetadi. Misol uchun, chaqmoqli bulutlar nomi bilan ma'lum bo‘lgan yomg‘irli bulutlar 300000 tonnagacha suvni o‘z tarkibiga olishi mumkin.

300000 tonna suv massasining yuqorida, osmonda tura olishining o‘zi chindan ham ajablanarli holdir. E'tiborimizni Qur'onning boshqa oyatlaridagi bulutlarning og‘irligiga nisbatan aytilgan so‘zlarga qaratamiz:

U o‘z rahmatining darakchisi sifatida shamollarni yuboruvchi zot bo‘lib, (shamollar) og‘ir bulutlarni ko‘tarib olgach, uni o‘lik yer (usti)ga haydaymiz. Bas, unga suv (yomg‘ir) yog‘dirib, u sababli mevalarning har turidan chiqarurmiz ... («A'rof» surasi, 57-oyat)

U sizlarga qo‘rqqan va umidvor bo‘lgan holingizda chaqmoqni ko‘rsatadigan va og‘ir bulutlarni paydo qiladigan zotdir. («Ra'd» surasi, 12-oyat)

Qur'on nozil bo‘lgan paytda, albatta, bulutlarning og‘irligi haqida biror ma'lumotga ega bo‘lish insonning bilish chegarasidan ancha uzoqda edi. Qur'onda vahiy qilingan va faqat yaqindagina kashf kilingan bu ma'lumot Qur'on Allohning so‘zi ekanligini tasdiqlovchi yana bir boshqa haqiqatdir.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.