background
logotype
image1 image2 image3

Bizning harakatlarimiz uchun mas’ul hudud

Yo‘q! Qasamki, agar u qaytmasa, albatta, Biz uning peshona sochidan tutamiz, o‘sha yolg‘onchi, gunohkor peshona sochidan! («Alaq» surasi, 15-16-oyatlar)

Yuqoridagi oyatda qayd etilgan «yolg‘onchi, gunohkor sochi» jumlasi juda qiziq. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shu narsaga aniqlik kiritdiki, miyaning ma'lum bir funktsiyasini boshqa-rishga mas'ul bo‘lgan prefrontal hudud bosh suyagining old qismida yotadi. 1400 yil burun Qur'onda aytib o‘tilgan bu hududning funktsiyalari keyingi 60 yil ichida olimlar tomonidan kashf qilindi. Agar boshning old qismvdagi miyaga ichkaridan qarasak, biz bosh miyaning old tomondagi hududini ko‘ramiz. Bu hududning funktsiyalari yuzasidan olib borilgan so‘nggi tadqiqotlar natijalarini o‘z ichiga olgan «Anatomiya va fiziologiyaning asosiy predmetlari» nomli kitobda bunday yoziladi:

Harakatlarni rejalashtirish va boshlashga xohish, niyat va uni oldindan ko‘rish prefrontal hududda, peshonaning old qismida sodir bo‘ladi. Bu hudud miya qobig‘ining assotsiativ qismi hisoblanadi...67

Bu kitobda yana shunday yoziladi:

Prefrontal hududning xohish, niyat bilan bog‘liqlik tomonini olib qaraydigan bo‘lsak, bu hudud tajovuz uchun funktsional markaz bo‘ladi, deb ham fikr yuritish mumkin...68

Shunday qilib, bosh miyaning bu hududi rejalashtirish, niyat qilish, yaxshi, savob va gunoh ishlarni hamda yolg‘on va haqiqatni aytish uchun mas'uldir.

Oyatdagi «yolg‘onchi, gunohkor peshona sochi» degan xabarning yuqoridagi ma'lumotlarga to‘liq mos tushganligi kundek ravshan. So‘nggi 60 yil ichida olimlar tomonidan kashf qilingan bu haqiqat ming yillar avval Alloh tomonidan Qur'onda nozil qilingan edi.

__________
67. Rod P. Siley, Trent D. Stefens va Filip Teyt, Essentials of Anatomy & Physiology (Anatomiya va fiziologiya asoslari), 2-nashri, (Av. Luis: Mosby-Year Book Inc. : 1996), 211; Charlz R. Nobak,N. L. Strominger va R. J. Demarest, The Human Nervous System, Introduction and Review (Insonning nerv tizimi, kirish va sharh), 4-nashri, (Filadelfiya: Lea & Febiger: 1991), 410-411. 
68. Siley, Stefens va Teyt, Essentials of Anatomy & Physiology (Anatomiya va fiziologiya asoslari), 211. 


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.