background
logotype
image1 image2 image3

Artezian buloqlari

Ularni o‘n ikki urug‘-ummat qilib bo‘lib tashladik va Musodan qavmi suv talab qilganda, unga: «Asoying bilan toshni urgin!» - deb vahiy qilgan edik, (urgach) undan (toshdan) o‘n ikki chashma otilib chikdi. Har bir (urug‘ga tegishli) odamlar o‘z suv ichadigan joyini bilib oldilar. Ular uzra bulutlarni soyabon qildik va ustilaridan shirinlik va bedanalar yog‘dirib: «Sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizning poklaridan tanovul qilingiz!» (dedik). Ular (itoat qilmay) Bizga zulm qilmadilar, balki o‘zlariga zulm qiladigan bo‘ldilar. («A'rof» surasi, 160-oyat)

Yuqoridagi oyat Muso Payg‘ambar (a.s.)ning qavmi undan qanday qilib suv so‘raganligi va uning qanday qilib har bir urug‘ni suv ichish mumkin bo‘lgan joylar bilan ta'minlaganligini tasvirlaydi. Shu narsa aniqki, uning qavmi suv taqchilligvdan azob chekar edi. Buvday taqchillik hanuz mavjud bo‘lib, 1 milliarddan ortiq odam bugungi kunda toza suv ichimligvdan foydalanish imkoniyatiga ega emas va 2,4 milliard odam esa hamon sanitariyaga zvd sharoitda kun kechiradilar. Taxminiy hisoblarga ko‘ra, 2025 yilga borib 5 milliard odam suvdan yetarli miqdorda foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘ladilar.204 Har yili 12 milliongacha odam ichimlik suvi yetishmasligvdan hayotdan ko‘z yumib, ulardan 3 millioni suv orqali yuquvchi kasalliklar oqibatvda nobud bo‘ladigan bolalarni tashkil etadi.205

Yopiq artezian suvini saqlaydigan qatlam suv o‘tkazmaydigan jinsli qatlam bilan qoplangan va chegaralangan bo‘ladi. Bu qatlam suvning undan pastga filtrlanib ketishiga yo‘l ko‘ymaydi. Buning o‘rniga, nam saqlaydigan jinsli qatlam yuqoriga ko‘tarilgan va qiyalangan to‘ldirib boruvchi hudud orqali suv unga kiradi. Artezian suvini saqlaydigan qatlam ichidagi oqim J-shaklli kuvur orqali oqib o‘guvchi suvga o‘xshab ketadi. Quvurning uzun tomonidan kuyilgan suv quvurning qisqa tomonidagi suvni yuqoriga qarab haydab chiqish uchun yetarli bosimni ta’minlab beradi.

Bugungi kunda dunyo aholisining 8 foizini tashkil etuvchi 31 ta mamlakatda surunkali toza suv tanqisligi hukm surmoqda. 2025 yilga borib, bu ko‘rsatkich 48 ta mamlakatga ortishi mumkin.206 BMT ning taxminlariga ko‘ra, ichimlik suvi 2025 yilga kelib yanada ko‘proqcheklangan manbaga aylanadi va ayni paytda suv muammosiga duchor bo‘lgan aholi soni 817 millionga (aholi soni sekin o‘sishi taxmin qilinganda) yoki 1,079 milliardga (aholi soni tez o‘sishi taxmin qilinganda) ko‘payishi mumkin.207

Eng katta toza suv manbai bo‘lgan yer osti suvlari ichish uchun mavjud suv zaxiralarining 90 foizvdan ko‘prog‘ini tashkil etadi208 va u 2 milliardga yaqin odamning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda juda muhim ahamiyat kasb etadi.209 u Amerika aholisining deyarli 50 foizi uchun birinchi darajali suv manbai bo‘lib, qishloqjoylarda bu raqam 95 foizgacha chiqadi.210 Shu bilan bir vaqtda, bu suvdan geotermal energiya ishlab chiqarish va issiqlik nasoslaridan foydalanish orqali energiyani tejash uchun foydalanish mumkin.

Tuproqdan so‘rib olingan suv yer ostidagi suv o‘tkazmas qatlamga duch kelgach, u yerda to‘planadi va suv manbaini hosil qiladi. Bu suv keyinchalik artezian usuli orqali yer yuzasiga olib chiqiladi. Artezian buloqlari yer osti suvlarini g‘amlay oladigan cho‘kindi tog‘ jinslari orqali hosil bo‘ladi.

Artezian quduqlarining toshli joylardan kovlab chiqarilishi Qur'onning tafsiloti bilan bir xildir. «A'rof» surasining 160-oyatida qayd etilgan haqiqat, ya'ni Allohning Muso Payg‘ambar (a.s.)ga toshni urishni amr qilishi mana shu uslubni nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) «Urmoq» deb tarjima qilingan «izrib» fe'li «ko‘tarmoq, ochmoq» degan ma'nolarni ham anglatadi. Shunday ekan, bu oyat toshning ko‘tarilishi orqali ochiladigan suv manbaini tasvirlayotgan bo‘lishi mumkin. Natijada «inbajasa» (otilib chiqmoq, erkin oqmoq, biqirlab chiqmoq, oqmoq) fe'li ta'riflayotganidek, xuddi artezian buloqlarida sodir bo‘lgani kabi, bosimli suv paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Agar yetarli darajadagi bosim shakllangan bo‘lsa, suv nasossiz ham yer yuziga oqib chiqishni davom etaveradi.

E'tiborli tomoni shundaki, hozirgi kundagi suv taqchilligi bilan bog‘liq muammolarning yechimi yer osti suv manbalaridan foydalanish orqali topiladi. Darhaqiqat, buni amalga oshirishning eng samarali yo‘llaridan biri artezian quduqlaridir. Boshqacha qilib aytganda, biz Muso Payg‘ambar (a.s.)ning hatto hech qanday ma'lumotga ega bo‘lmasdan ham toshni urishi yoki ko‘tarishi uslubiga taqlid qilayotgan bo‘lishimiz mumkin. Shunday qilib, «A'rof» surasining 160-oyati artezian quduqlarini (birinchi artezian qudug‘i 1126 yilda Frantsiyaning Artua degan joyida ochilgan) nazarda tutayotgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

__________
204. «Climate Change Adding Stress to Scarce Water Resources» (Iqlim o‘zgarishi suv manbalari tanqisligini kuchaytirmoqda) DevNews Media Center, 5 iyun, 2003; http://web.worldbank.org/WBSITE/EXTERNAL/NEWS/0,,contentMDK:20114416~menuPK:34457~pagePK:34370~piPK:34424~ theSitePK:4607,00.html
205. «Water-The Essence of Life» (Suv - hayotning mohiyati), DevNews Media Center, 17 may, 2002; http://web.worldbank.org/WBSITE/EXTERNAL/NEWS/0,,contentMDK:20044610~menuPK:34459~pagePK:64003015~piPK: 64003012~theSitePK:4607,00.html
206. «Solutions for a Water-Short World» (Suv taqchil bo‘lgan dunyo uchun yechimlar), www.infoforhealth.org/pr/m14edsum.shtml
207. «Water-Scarce Countries» (Suv tanqis bo‘lgan mamlakatlar) excerpted from Sustaining Water: Population and the Future of Renewable Water Supplies;  www.cnie.org/pop/pai/water-14.html
208. «Creation of an International Groundwater Resources Assessment Centre (INGRACE)-an information note» (Xalqaro yer osti suv manba-larini aniklash markazining yaratilishi - ma’lumot qaydi), IAH (International Association of Hydrogeologists) News and Information Online;  www.iah.org/articles/mar2000/art002.htm
209. «Groundwater» (Ep osti suvi), http://ap.world.water-forum3.com/themeWwf/en/themeShow.do?id=36
210. «The Importance of Groundwater» (Ep osti suvining ahamiyati); http://pasture.ecn.purdue.edu/~agenhtml/agen521/epadir/grndwtr/importance.html


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.