background
logotype
image1 image2 image3

Insoniylik kushandasi

Yer yuzida taxminan 1,1 milliard nafar aholi kashanda kishilar hisoblanadi. Inkor etib bo‘lmaydigan ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tamaki chekish va undan chiqadigan tutun oqibatida yurak-qon tomir, saraton va boshqa turli kasalliklar, shuningdek, o‘lim va nogironlik kelib chiqadi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisob-kitobiga ko‘ra, tamaki chekish oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar tufayli jahonda har yili 4 million kishi nobud bo‘ladi. Bordiyu ahvol shu darajada rivojlansa, ushbu raqam 2030 yilga borib, yiliga 10 million nafarga yetishi ham mumkin.

 
• Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha bir yuz to‘qson milyon nafardan ortiq giyohvand (bangi) ro‘yhatga olingan. Shunisi achinarliki, ularning yarmidan ko‘prog‘i o‘n beshdan o‘ttiz besh yoshgacha bo‘lgan navqiron avlod vakillaridir.

• Faqatgina Afg‘onistonda giyohvand moddalar hisobidan yiliga 120-150 milyard AQSh dollari miqdorida foyda ko‘rilishi aniqlangan.

• Odam narkomoddalar asiriga aylangach, o‘rta hisobda besh yildan ortiq umr ko‘ra olmas ekan. Mutaxassislarning kuzatishlaricha, narkotik moddani iste’mol qilgan har o‘n kishidan to‘qqiz nafari, albatta, narkomanga aylanar ekan.

• Biror mamlakat aholisining yetti foizi narkomoddalarni iste’mol etadigan bo‘lsa, u mamlakatning kelajagi halokat yoqasida bo‘lishi aniqlangan. Rusiyada esa, aholining o‘n bir foizi bu zahri qotilni muntazam iste’mol qiladi.
("AiF" haftanomasi, 1999 y, 24-son).

• Bugungi kunda O‘zbekistonda BMTning tegishli idoralari bilan hamkorlikda narkomoddalarning noqonuniy harakatiga qarshi umumiy qiymati 2 milyon 530 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan beshta milliy dastur amalga oshirilmoqda.

• Sunggi hisob-kitoblarga ko‘ra, bitta giyohvandni davolash uchun yiliga sakkiz-o‘n ikki ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ zarur bo‘ladi.

• Ayollar narkomoddalarni erkaklarga qaraganda uch baravar kam iste’mol etishadi. Shunday bo‘lsa-da, keyingi yillarda dunyo bo‘yicha bangi ayollar soni olti yarim marotaba ortgani qayd etildi. Bu hol juda ayanchlidir. Chunki giyohvand ayollardan ko‘pincha tug‘ilgandanoq o‘z "haqqi"ni talab qiluvchi nogiron chaqaloqlar dunyoga keladi.

• Ma’lumotlarga qaraganda, giyohvandlikka berilganlarning ota-onalaridan to‘qson foizi farzandlarining bunday halokatli odatidan juda kech - bir yarim-ikki yildan so‘ng xabar topishadi.

• Alloma Ibn Hajar al-Makkiyning "Al-fatovo al-islomiya" nomli asarida giyohvandlik illati inson salomatligi va jamiyat hayotiga yetkazadigan bir yuz yigirma xil jiddiy zarar sanab o‘tilgan.

Ma’lumotlarni Safar Muhammad to‘pladi.

INSONIYLIK KUSHANDASI

Har narsaning kushandasi bor. Insoniylikning ham. Xamr, fol, qimor, zino... Ular Qur’on va hadisda ochiq lafz bilan harom qilingan. 
Ammo inson doimo taraqqiy etishda, izlanishda. U topgan bu qulayliklar, yangiliklar va kashfiyotlar orasida yomonrog‘i ham bor. Sigaret va nos insoniyat «ulg‘ayib» kashf etgan ana shu yomonliklardandir. 
Nabiy (s.a.v.) davrlarida ham, sahobalar va tobe’inlar davrida ham sigaret va nos yo‘q edi. Shuning uchun ham Kitob va sunnatda ular haqida hech narsa deyilmagan. Ammo Qur’on va hadis qiyomatgacha insoniyatga hodiy ekan, bunday bir salbiy moddalar haqida hech gap aytmagan deyish unchalik to‘g‘ri emas. Boshqa ko‘pgina xususlarda bo‘lgani kabi, tutun va nos to‘g‘risida ham har ikkala manbada ishora-lar bor.
Ummu Salama onamiz: «Janobi Rasululloh (s.a.v.) har qanday mast qiluvchi va badanni bo‘shashtiruvchi, zaiflashtiruvchi narsalarni iste’mol qilishdan qaytarar edilar», deydilar.
Nos va tamaki sog‘lom odamni kasal qilishini, kuchlini zaiflashtirishini hamma, hatto ularni chekayotganlar ham bilishadi, tan olishadi. 
Imom Ahmad va Ibn Mojjalar rivoyat qilishgan boshqa bir hadisda: «Islomda o‘ziga ham, o‘zgaga ham zarar yetkazish yo‘q», deyilgan.
Kashandalikning esa bir qancha zararlari bor. Avvalo, yuqorida aytilganidek, chekuvchining o‘ziga zarar.
Tamaki tutunining tarkibida to‘rt mingga yaqin modda bo‘lib, hammasi inson salomatligini yemiruvchi ekani tibbiy tajribalarda sobit bo‘lgan. 
Inson tanasidagi qon tomirlari uzunligi bir yuz ellik ming kilometrni tashkil etadi. Alloh taolo shunday mukammal tarzda yaratgan san’atga sigaret xalal beradi: qon tarkibini va aylanishini buzadi, tomirlarni qotiradi. Nosning zarari ham tutunnikidan kam emas.
Shuningdek, kashanda sog‘ligi bilan birga vaqtini ham yo‘qotadi. Har kuni o‘rtacha bir quti tamaki chekish bir yarim soat umrni shamolga sovurdi degan gap. Bu hisob umumiylashtirilsa, bir yilda yigirma uch kunni, o‘n olti yilda esa, to‘liq bir sanani tashkil etadi.
Oila muhitiga zarar. Ayollar, bolalar, keksalar kashandadan ko‘ra ko‘proq aziyat topadi. Chunki tutunning chekuvchidam ko‘ra chekmaydigan odamga yomonroq ta’sir ko‘rsatishi ham ilmiy tajribalarda isbotini topgandir.
Kashanda ota bilan kunning ma’lum bir qismini o‘tkazgan bola bir yilda sakson-to‘qson quti sigaret chekkandek zaharlanadi.
Chekuvchi oilada o‘sgan bolaning tamakiga o‘rganishi chekmaydigan oilada o‘sgan bolaga nisbatan uch-to‘rt barobar ortiq bo‘ladi. 
Iqtisodiy zarar. O‘rtacha narhdagi sigaret chekuvchi kashanda bir yilda yuz ming so‘mdan oshiq pulini tutunga aylantiradi. (2000 yil)
Ijtimoiy zarar. Yonveridagi o‘rtoqlari, hamkasblari tutunidan yoki hididan aziyat chekadi. Yana qaysidir biri unga ergashishi mumkin.
Bir marta tutun uflash atrofni yetmish milligram kukun, yigirma besh milligram karbon-monoksit bilan zaharlaydi.
Shuningdek, chekuvchilar uchun qanchadan-qancha dalalar, odamlar, texnika, ulov va zavodlar band. (Tamaki maydonlariga qand lavlagi yoki hech bo‘lmaganda makkajo‘xori ekish mumkin.) Eng sifatli suvqog‘ozlar tamaki o‘rash uchun ishlatiladi. Agar bu qog‘ozlar kitob bosish uchun ishlatilsa bormi... Oddiy bir qiyos: bitta kashandaning umr bo‘yi chekkan tamakisining qog‘oziga besh ming nusxada «Hidoyat» jurnalini bosish mumkin. 
Mana shuncha zararlarini bilib turib ham sigaret va nos chekish uchun alohida «mardlik» kerak!
Ezgulik dini bo‘lgan Islom bundayin zararkunandalarga beparvo qarashi mumkin emas. Xullasi kalom shuki, nosning ham, sigaretning ham iste’moli ulamolarimiz ijmosiga ko‘ra, man’ qilingan.
Alloma Abdurahmon ibn Nosir Sa’diy «hukmu shurbid-duxon» («Tamaki chekishning hukmi») asarida «O‘zingizni halokatga tashlamang» (Baqara, 195); «O‘zingizni o‘zingiz o‘ldirmang. Albatta, Alloh, sizlarga rahmlidir» (Niso, 29); «Bugun sizlar uchun barcha pokiza narsalar halol qilindi» (Moida, 5) oyatlariga suyanib sigaret chekishni harom deganlar. Bunday hukmni boshqa fatvo kitoblaridan ham topish mumkin. (Ayrim fatvo kitoblarida makruh deyilgan.) «Fatovoi Tatarxoniya», «Fikhu Kaydoniy» asarlarida nos, «Ajoibul muhimmat» kitobida esa, sigaret ham tahoratni ketkazishi bayon qilingan.
Xullas, tamaki va nos har qanday millatda qoralangandir. Ularni iste’mol qilish hech kimga - dinsizga ham, majusiyga ham, yahudiygaham, masihiyga ham fazilat bo‘lgan emas. Demak, mo‘minlarga hech qachon!

Mo‘min Muhammad

«SOBIQ»LAR VA «SODIQ»LAR

Chekish ko‘proq yoshlik mahsuliga o‘xshaydi. Chunki kashandalarning to‘qson to‘qqiz foizi chekishni yoshlikda o‘rganganlarini tan olishmoqda.
Albatta, bu holga ulardagi dunyoga yiziyish, taylidchilik, turmush tashvishlari va qiyinchiliklariga sabr qilolmaslik sabab bo‘lsa kerak.
Dunyoning achchiq-chuchuklarini ko‘rib, hayotning ma’nosini anglab, tamakidan voz kechganlar ham yo‘q emas. Quyida bir paytlar chekib, keyin tashlaganlar va hozir ham chekayotganlarning mulohazalari bilan tanishasiz.

Qirq yoshimda chol bo‘lgan edim

Nurmuhammad Sherqulov, 58 yoshda. O‘n uch yil burun, chekishni tashlagan. Navbahor tumani, "Buloq" qishlog‘idan:
— Shu zormandani yigirma yildan oshiq chekdim. Bir ko‘pi qo‘shnim Oston bobo bilan (u kishi cho‘ponlik qilardi) qirning nariyog‘idagi qishloqqa to‘yga boradigan bo‘ldik. Ishonsangiz, oltmish yoshli cholga yetib yurolmadim. O‘pkam og‘zimga tiqilib, nafasim yetmaydi. Sekinroq yuring, deyishga uyalaman. Hansirab, bir alpozda zo‘rg‘a lo‘kkillayman. Tamaki meni qirq yoshimdayoq choldan battar ahvodga solib qo‘ygan ekan. Yo‘l-yo‘lakay sigaretalarimni ezg‘ilab tashladim. Shundan beri qaytib chekkanim yo‘q.

 

Chekish g‘amni ketkazadimi?

Xolboy, 32 yoshda. "Un yetgi yildan buyon chekadi:
— Odam nimagadir suyanib yashashi kerak. Ishdan charchab kelganda yoki boshiga g‘am tushganda cheksa, ichsa, sal ovunadi. Sigaret ham, aroq ham bekorga o‘ylab chiqarilmagandir, axir.
— Ular haqiqatda ham musibatni ketkizadi, deb o‘ylaysizmi?
— ...

“Qizalog‘im tutun hidlardi...”

N. Olimov, 38 yoshda. Sobiq kashanda, filologiya fanlari nomzodi. Toshkent shahri.
— Sigaret tutatsam, bo‘ldi, qizcham kelib, menga suykalaverardi. Bir kuni tutunni to‘yib-to‘yib hidlayotganini sezib qoldim. Qizimning kashanda bo‘lib qolishi meni cho‘chitib yubordi. Chekmay qo‘ydim.

Otamdan o‘rganganman

Abdullatif, 23 yoshda, tijoratchi, o‘n to‘rt yoshidan buyon chekadi, Toshkent shahri.
— Chekishni otamdan o‘rganganman. 
— Birga o‘tirib chekkanmisizlar?
— Yo‘-o‘q, menga chekma deganlar. Lekin o‘zlari chekadilar.
— Siz ham o‘g‘lingiz chekishini xohlaysiz, shekilli.
— Yo‘q-yo‘q, uylanganimdan keyin tashlamoqchiman...

"Ramazonni qarshilayotib..."

To‘lqin Nurmuhammad, 42 yoshda, noshir.
— Yigirma yil sigaret chekdim. O‘rtoqlarimga havas qilibmi, taqlid qilibmi, o‘rgangan edim. Ammo birinchi marta chin ixlos bilan ramazonni qarshilayotib, sigaretdan butunlay voz kechdim. Albatta, bu yaxshilik Allohning marhamatidan, ramazonning barakotidan deb bilaman.

"Hozir ham chekishadi"

Lola Asaboeva, 33 yoshda, o‘qituvchi, Navoiy viloyati.
—Ukuvchilik kezlarimizda ro‘y bergan bir voqea hech ko‘z o‘ngimdan ketmaydi. Sinfdosh yigitlar dars paytida ham nosvoy otib olishardi. Bir gal o‘qituvchimiz nos chekib olgan bolaga savol berib qoldi. Sinfdoshim sekin o‘rnidan amio mum tishlaganday jim edi. Muallim takror so‘raydi, yana jim. O‘qituvchimiz holatni tushuna olmay, jahli chiqa boshladi. Shunda haligi noskash og‘zidagini "qult" etib yutib yubordi-da, tilga kirdi...
Ko‘nglim aynib ketgan edi o‘shanda... 
Keyin tanaffusda o‘sha yigitning tobi qochib qolgan, men juda qo‘rqqan edim. Hozir ham ko‘p bolalar maktabda sigaret, nos chekishadi.

"NAHOTKI SHU NARSAGA SUYANSAM..."
Yoxud sobiq kashandaning chekishni «qanday tashlagani haqida

Aksariyat yoshlar tamaki tutatishni katta bo‘lib qolganlik belgisi sifatida tushunadi. Men ham "mustaqil haet"ni sigaret tortishdan boshlaganman. O‘n yetgi yoshda edim o‘shanda. Tezda havaskorlikdan "professional" darajasiga ko‘tarildim. Doim tergab turadigan onam ham, umrida oqziga na nos, na tamaki olgan otam ham, katta bo‘lib qoldi, deb hisoblashdi, shekilli, qattiq e’tiroz qilishmadi.
Tamaki tushmagur bilan o‘n yil "qadrdon"lik qildim. Usiz kunim o‘tishini tasavvur etolmasdim. Sigaretga pul topilmay qolishi bolalarimning osh-ovqatsiz och qolishidan vahimaliroq tuyulardi. Ayni paytda, shu holatim uchun o‘zimni o‘zim malomat qilardim. Kuniga bir quti chekish me’yor edi. Ammo uning puliga bir-ikki kilo uzum yoki olma ham olish mumkin. Har safar sigaret olayotib, shuni o‘ylardim, siqilardim. Lekin baribir olardim. Bundan to‘rt yilcha burun siqintilar, malomatlar oqibatida, bu balodan qutulishim kerak, degan qatiy qarorga keldim. Asta-sekin chekishni kamaytirdim. Lekin tashlayolmadim. Keyingi urinishimda haggo o‘zimga o‘zim: "Cheksam, yigit, emasman!" deb so‘z berdim. Bir hafta chekmay yurdim. Ammo...
Boshqalar chekishni tashlash uchun nimalar qilishgan, qanchalik uddasidan chiqishgan - bilmayman, lekin o‘zimning irodasiz ekanimni shunda angladim. Endi shu ko‘yda o‘tib ketamanmi, deb o‘ylardym. Ba’zan o‘zimcha:
"Domlalarning sigaretni harom deyishlariga hech qanday hujjatlari yo‘q-ku", deya ko‘nglimni ovutar edim. 
Oradan ikki-uch oy o‘tdi. "Tafsiri hilol"dan Niso surasini o‘qib o‘tirib, bir oyat e’tiborimni tortdi:"Allohga, Uning rasuliga va o‘zlaringizdan bo‘lgan ishboshilarga itoat eting". Tafsirdan Rasulullohga (s.a.v) va ishboshilarga itoatsizlik Allohga itoatsizlik ekanini angladim. Oyatda aynan menga murojaat etilayotgandek tuyuldi. Demak, men imomlarimizning: "Sigaret chekmanglar", degan taqiqlariga qarshi borib, Allohga osiylik qilayotgan ekanman-da! Birdan qo‘rqib ketdim. Alloh qalbimga taqvo soldi. Darhol joynamozga turdim. Namoz o‘qib, tavba qildim. Endi menga O‘zi madad bermasa, bu balodan qutula olmasligimni aytib yolvordim. Sigaretlarni oldingidek ezmadim, sindirmadim, uloqtirmadim. Turgan joyida qoldi. Parvo ham qilmadim. Oyat va uning tasiridan anglaganlarim fikru zikrimni butkul band qilgan edi. Bu safar endi chekmayman deb Allohga so‘z berdim.

Shuningdek, chekuvchilar uchun qanchadan-qancha dalalar, odamlar, texnika, ulov va zavodlar band. (Tamaki maydonlariga qand lavlagi yoki hech bo‘lmaganda makkajo‘xori ekish mumkin.) Eng sifatli suvqog‘ozlar tamaki o‘rash uchun ishlatiladi. Agar bu qog‘ozlar kitob bosish uchun ishlatilsa bormi...

Ertasiga saxarlikka turdim. Ikki rakat namoz o‘qidim. Nafl ro‘zaga niyat bog‘ladim. Hammasida duolarim bir xil edi: tavba va zaharli tutundan xalos bo‘lish.
Kechqurun iftorlikdan keyin tamakining xumori tuta boshladi. Buning ustiga ukam bozordan noxush xabar keltirdi. Tanish, lekin sinashta bo‘lmagan bir sherigimiz savdodagi bor nulni o‘g‘irlab ketibdi. Endi ahvolimni ko‘ring. Bunday hollarda odatda alamimni chekishdan olardim.
Ukam o‘tirib tutata boshladi. "Menga ham bitta ol", deb yuboray deyman. Zo‘rg‘a o‘zimni tiyaman.
"Sigaret menga pulimni topib berarmidi? Qaytaga subutsiz bo‘lganim qoladi. Dunyodagi har bir ish sinov. Ha, Alloh meni saxar vaqti bergan so‘zimning ustidan chiqamanmi, yo‘qmi, sinovdan o‘tkazyapti..."
Shu o‘ylar bilan o‘zimni hiylagina tutib oldim. Keyinchalik o‘sha kungi holatimni eslab xursand bo‘laman. Sinovlarning loaqal bittaginasidan bo‘lsa ham, yaxshi o‘tgan edim. 
Ammo oradan olti oylar kechib, imtihonning yanada kattarog‘iga yo‘liqdim. Ahvolimiz juda og‘ir edi. Tuhmat tufayli halok bo‘layozgan edik. O‘shanda yana chekib yuborishimga bir bahya qoldi. Lekin Xudo yarlaqab, miyamga: "Nahot shu narsaga suyansam", degan fikr keldi. O‘zimni yomon ko‘rib ketdim. Darhol Allohga yuzlandim: “Yo Parvardigor! Men faqat Senga suyanaman, O‘zing panoh bergin, g‘o‘llagin..." deb iltijo etdim. 
Alloxga har bir ish oson. Bizning ishimizga ham Uning o‘zi kifoya qildi.
Men endi bandasi topinishi, suyanishi, madad so‘rashi mumkin bo‘lgan Zotni topdim, deb ayta olaman. Undan boshqa "suyanchiq" va "ovunchiq"lar faqat xasratni ziyoda qilishini barcha birodarlarimiz ham anglab yetishlarini istar edim.

Mo‘min Muhammad oqqa ko‘chirdi.
“Hidoyat” jurnalining 2000 yil, 6-sonidan olindi


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.