background
logotype
image1 image2 image3

Zararli vasiyat qilish

Alloh taolo aytadi:

«(Bu taqsimotlar) merosxo‘rlarga zarar yetkazmaydigan holda qilinagan vasiyat va qarzlar ado qilinganidan keyin bo‘lur. (Ya'ni, vasiyat merosxo‘rlarga zarar yetkazmaydigan bo‘lishi lozim. Yo‘q qarzni vasiyat qilish - zararli vasiyatdir.) (Bu hukmlar) Alloh tomonidan bo‘lgan amr-farmondir. Alloh bilguvchi va halimdir».

Ya'ni, Alloh zararli vasiyatni ham, boshqasini ham, bilguvchidir, osiylarni jazolashga shoshilmaydigan halimdir.

«Mana shu Allohning (belgilab qo‘ygan) hadlaridir. Kim Alloh va Uning payg‘ambariga itoat etsa, (Alloh) uni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritib, o‘sha joyda abadiy hayot baxsh etar. Va bu katta saodatdir. Kim Alloh va Uning payg‘ambariga itoatsizlik qilib, Allohning belgilab qo‘ygan hadlaridan tajovuz qilsa, uni abadiy qoladigan joyi bo‘lmish do‘zaxga kiritur. Va uning uchun xor qilguvchi azob bordir» (Niso surasi, 12-14).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir kishi yoki ayol oltmish yil Alloh toatida amal qiladi. So‘ng ularga o‘limlari hozir bo‘lib, zararli vasiyat qiladilar-da, do‘zaxga mahkum bo‘ladilar». So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu Niso surasining 13-14-oyatini o‘qidilar (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Haqiqatda Alloh har bir haqdorga o‘z haqini bergan. Shu bois, merosxo‘rga vasiyat qilinmaydi», dedilar (Termiziy rivoyati).

Rivoyat qilishlaricha, kim vorisining merosini olib qochsa (ya'ni, merosidan mahrum qilsa), Alloh qiyomat kunida uning jannatdagi merosini uzib qo‘yadi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.