Tarozi, o‘lchov va shu kabi narsalardan urib qolish
Alloh taolo aytadi:
«(O‘lchov va tarozidan) urib qolguvchi kimsalarga halokat bo‘lgay! Ular odamlardan (biron narsani) o‘lchab olgan vaqtlarida to‘la qilib oladigan, ularga o‘lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa kam qilib beradigan kimsalardir» (Mutaffifun surasi, 1-3).
Ya'ni, ular shunday kimsalarki, agar o‘zlari boshqalardan biron narsa olishsa, to‘liq qilib olishadi, boshqalarga biron narsa sotishsa, urib qolishadi.
Suddiy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelgan vaqtlarida u yerda Abu Juhayna ismli kishi bor edi. Uning ikkita «mikyoli» (o‘lchov asbobi) bo‘lib, biri bilan odamlarga o‘lchab berar, ikkinchisi bilan o‘ziga o‘lchab olar edi. Shu bois Alloh mazkur oyatni nozil qildi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Besh ish besh ishga bog‘liq». «Yo Rasululloh, biri ikkinchisiga bog‘liq bo‘lgan besh ish qaysi?» deb so‘rashdi. «Qaysi qavm ahdini buzsa, Alloh ularga dushmanlarini hukmron qilib qo‘yadi. Alloh nozil etgan narsadan boshqasi bilan hukm qilsa, ularda faqirlik yoyiladi. Fahsh ishlari avj olsa, Alloh ularga o‘lat yuboradi, ya'ni o‘lim ko‘payadi. O‘lchov va tarozidan urib qolsa, nabototlar o‘smay, bir necha yil qurg‘oqchilikka duchor bo‘ladilar. Zakot bermasalar, yomg‘ir yog‘may qo‘yadi», dedilar» (Tabaroniy rivoyati).
«Ular o‘zlarining ulug‘ bir kunda - barcha odamlar butun olamlar Parvardigori huzurida tik turib (hisob-kitob qilinadigan, o‘rtalarida hukm etiladigan qiyomat) kunida qayta tirilguvchi ekanliklarini o‘ylamaydilarmi?!» (Mutaffifin surasi, 4-6).
Zajjoj aytganlarki: «Agar o‘ylaganlarida edi, o‘lchov va tarozidan urib qolmagan bo‘lishardi».
Molik ibn Dinor aytadilar: «Qo‘shnimning oldiga kirdim. U o‘limi yaqinlashib qolgan, qayta-qayta: «Ikkita olovli tog‘, ikkita olovli tog‘», der edi. Undan: «Nima deyapsan?» deb so‘ragan edim, «Ey Abu Yahyo, mening ikkita o‘lchov asbobim bo‘lib, biri bilan o‘zimga o‘lchab olar, ikkinchisi bilan boshqalarga o‘lchab berar edim», dedi. O‘rnimdan turib o‘lchov asbobining biri bilan ikkinchisini ura boshladim. Shunda u: «Ey Abu Yahyo, biri bilan ikkinchisini urganingiz sayin, ish - holatim jiddiylashib, qiyinlashib ketyapti», dedi. U keyinroq shu kasali sababli vafot etdi».
Birovlarning haqidan urib qolish o‘g‘irlik, xiyonat va harom yeyishning bir ko‘rinishi bo‘lib, bu ishni qilganlarga Alloh «vayl» bilan tahdid soldi. Vayl - shiddatli azob, boshqa bir rivoyatda aytilishicha, jahannamdagi vodiy bo‘lib. Agar unga dunyodagi tog‘lar tushirilsa, harorati yuqoriligi bois toshlarini eritib yuboradi.
Salaflardan biri aytgan ekan: «Har bir (o‘lchov asbobida) o‘lchovchi va (tarozida) tortuvchi kishining do‘zaxiy ekanligiga guvohlik beraman. Chunki Alloh saqlaganlardan tashqari biron kimsa salomat qolmaydi bundan».
Solihlardan yana biri aytadi: «Bir bemorni ko‘rgani bordim. O‘limi yaqinlashib, o‘zini bilmay yotgan ekan. Unga har qancha «Shahodat» kalimasini talqin qilsam ham, tili hech aylanmasdi. O‘ziga kelgach: «Birodar, shahodatni shuncha talqin qilsam ham, tilingiz sira aylanmadi-ya. Tinchlikmi o‘zi?» deb so‘ragan edim, «Tarozining tili (pallasi) tilimni bosib, gapirtirmay qo‘ydi», dedi. «Nima, tarozidan urib qolarmidingiz?» deya so‘ragan edim, «Yo‘q, Allohga qasamki, unday emas. Biroq vaqtida tarozimning to‘g‘riligini tekshirib turmas edim», deb javob berdi».
Tarozining to‘g‘riligiga e'tibor bermagan kishining holi shu bo‘lsa, urib qoladiganlarning ahvoli qanday bo‘lar ekan?!
Nofi' roziyallohu anhu aytadilar: «Ibn Umar roziyallohu anhumo sotuvchining oldidan o‘taturib: «Allohdan qo‘rq, o‘lchov va tarozini to‘g‘ri qil. Chunki urib qoluvchilar terlari to quloqlarining yarmigacha ko‘mib yubormagunicha to‘xtatib turiladilar», dedilar.
Salaflardan biri aytgan ekan: «Kam qilib bergan bitta doni sababli kengligi osmonlaru yercha keladigan jannatni sotib yuborgan kimsaga vayl bo‘lsin. Ortiqcha olgan bitta doni sababli vaylni sotib olgan kimsaning holiga voy bo‘lsin».
Alloh taolodan afv va barcha baloyu ofatlardan ofiyat tilaymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli zotdir.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.