background
logotype
image1 image2 image3

Qulning qochishi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qul qochsa, uning namozi maqbul bo‘lmaydi», deganlar (Muslim rivoyati).

Boshqa bir hadisi sharifda: «Qaysi bir qul qochsa, undan zimma (himoya) soqit bo‘ladi», deyilgan (Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamning namozini Alloh maqbul qilmaydi va ularning bironta ham yaxshiligi osmonga ko‘tarilmaydi: qochoq qulning, to xo‘jayinlariga qaytib, qo‘lini ularning qo‘llariga qo‘ymagunicha, erini norozi qilgan ayolning, to eri undan rozi bo‘lmagunicha va mastning, to o‘ziga kelmagunicha», deganlar.

Fuzola ibn Ubayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamdan so‘ralmaydi: jamoatdan ajrab, imomiga osiylik qilgan kimsa; xo‘jayinidan qochib, osiy holida o‘lgan qul yoki cho‘ri; eri uzoqda bo‘lib, dunyoviy ehtiyojini (oziq-ovqatini) ta'minlab qo‘ygan bo‘lsa-da, eridan yashirincha yasan-tusan etib, husni jamolini ko‘z-ko‘z qilib yuradigan ayol», dedilar» (Ibn Hibbon va Hokim rivoyati).


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.