Pokiza ayollarga tuhmat qilish
Alloh taolo aytadi:
«Albatta, (buzuq niyatlardan) bexabar, pokiza, mo‘mina ayollarni badnom qiladigan kimsalar dunyoda ham, oxiratda ham la'natga duchor bo‘ladilar. Ular uchun ulug‘ azob bordir. U Kun(qiyomat)da qilib o‘tgan (bo‘htonlari) sababli ularning tillari ham, qo‘lu oyoqlari ham o‘zlarining ziyonlariga guvohlik berur» (Nur surasi, 23-24).
«Pokiza ayollarni (zinokor) deb badnom qilib, so‘ngra (bu da'volariga) to‘rtta guvoh keltira olmagan kimsalar(ni) - ularni sakson darra uringlar va hech qachon ular tomonidan biron guvohlikni qabul qilmanglar! Ular fosiq - itoatsiz kimsalardir» (Nur surasi, 4).
Haromdan saqlangan, pokiza, hur ayolga kimda-kim «zinokor» yoki «fohisha» deb tuhmat qilsa, unga dunyo-yu oxiratda la'nat va ulkan azob bo‘lishini, bu dunyoda esa sakson darra urilib, garchi ishonchli bo‘lsa-da, guvohligi boshqa qabul qilinmasligini Alloh taolo bayon qildi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi ishdan saqlaninglar», deb ular orasida: «(Buzuq niyatlardan) g‘ofil, pokiza, mo‘mina ayollarga tuhmat qilish»ni ham sanab o‘tganlar (Muttafaqun alayh).
Tuhmat qilish - pokiza, hur, muslima ayolga «ey zinokor» yoki «ey fohisha» va yo shunga ma'nodosh so‘zlarni aytish, eriga «ey fohishaning eri» o‘g‘liga «ey fohishaning o‘g‘li» qiziga «ey fohishaning qizi» deyish yoki shu kabi so‘zlarni so‘zlashdir.
Bironta erkak yoki ayol boshqa bir erkak yoki ayolga va yo yosh bolaga shu va shunga o‘xshash so‘zlarni aytsa, shu so‘zlarning rostligiga to‘rtta guvoh keltirishi lozim. Agar keltira olmasa, tuhmatga uchragan erkak yoki ayol talab qilsa, unga sakson darra uriladi.
Shuningdek, quliga tuhmat qilgan kimsa ham azobga giriftor bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Kimki quliga «zinokor», deb tuhmat qilsa, qiyomat kunida unga had (jazo) qo‘llanadi. Agar gapi rost bo‘lsa, (jazo) qo‘llanmaydi» (Muttafaqun alayh).
Ko‘p johillar behayo so‘zlarni aytishga odatlanib qolishgan. Holbuki, ular mana shu so‘zlari bilan dunyoda gunohkor, oxiratda azobga giriftor bo‘ladilar. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Banda o‘ylamasdan bir so‘zni aytadi-da, u sababli mashriq bilan mag‘rib orasidagi masofadan uzunroq masofaga do‘zaxga qulaydi» (Muttafaqun alayh).
Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odam farzandi xatolarining aksariyati tilidandir», dedilar» (Tabaroniy, Bayhaqiy rivoyati).
Boshqa bir hadisi sharifda: «Kimki Alloh va oxirat kuniga ishonar ekan, unda yaxshi gap gapirsin yoki sukut saqlasin», deyilgan (Muttafaqun alayh).
Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tiliga egalik qilgan, uyi sig‘dirgan va xatolariga yig‘lagan kishiga jannat bo‘lsin», dedilar (Tabaroniy rivoyati).
Ibn Mas'ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mo‘min ta'na qiluvchi, la'nat aytuvchi, axloqsiz va behayo so‘zlovchi bo‘lmaydi» (Termiziy rivoyati).
Alloh taolo lutf-marhamati ila barchamizni tillarimiz yomonligidan saqlasin. Albatta, u saxovatli, marhamatli zotdir.
Foyda: Musannif rahimahulloh aytadilar: «Kim pok ekanliklarini tasdiqlovchi oyat tushganiga qaramasdan, Oisha roziyallohu anho onamizga tuhmat qilsa, u Qur'onni yolg‘onga chiqargan kofir hisoblanadi va o‘ldiriladi».
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.