background
logotype
image1 image2 image3

Odamlarning sirlariga quloq tutish – josuslik

Alloh taolo aytadi:

«(O‘zgalarning ayblari ortidan) josuslik qilib yurmanglar...», degan (Hujurot, 12).

Ya'ni, bir kishi boshqa bir birodarining aybini qidirmasin. Alloh berkitgan narsani qilishga urinmasin.

Mufassirlar: «Josuslik - musulmonlarning aybu nuqsonlarini qidirish», deganlar.

Ibn Mas'ud roziyallohu anhuga: «Valid ibn Uqbaning soqolidan xamr tomib yuradi», deyishgan edi, u zot: «Batahqiq, biz josuslik qilishdan qaytarilganmiz. Biroq, uning rostdan ham ichuvchi ekani ma'lum bo‘lsa, uni jazolaymiz», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim bir qavmning gaplariga, ular yoqtirmasalar-da, quloq solsa, qiyomat kunida uning quloqlariga eritilgan qo‘rg‘oshin quyiladi».

Allohdan O‘zi yaxshi ko‘rgan va rozi bo‘lgan ishlariga muvaffaq etishini so‘raymiz. U marhamatli, saxovatli zotdir.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.