background
logotype
image1 image2 image3

“Bismilloh” deyish hukmlari

O‘rniga ko‘ra “Bismilloh” aytish hukmlari o‘zgaradi. Ya’ni, “Bismilloh” deyish...

...hayvon so‘yilayotganda farz (“Basmala”siz so‘yilgan hayvon go‘shtini yeyish haromdir;

...namozdan tashqari Fotiha o‘qilganida vojib;

...namozning har rakatida Fotihadan oldin, g‘usl yoki tahorat qilishdan, yeb-ichishdan, maktub yozish va har qanday foydali ishni boshlashdan; namozdan tashqarida Fotihadan boshqa suralarni o‘qishdan oldin sunnat;

...namozda, Fotiha va zam sura orasida joiz va mustahab;

...yurish, o‘tirish, turish kabi ishlarda muboh;

...avratini ochayotganda, najosatli joylarga kirayotganda, Baroat (Tavba) surasini undan oldingi sura bilan qo‘shib o‘qilayotganda, sigaret chekishdan va shu singari ishlardan oldin makruh;

...taqiqlangan, qaytarilgan ishlarni qilishdan oldin harom bo‘ladi.

“Irfon” taqvimining 2013 yil 3-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.