background
logotype
image1 image2 image3

Aqiqaning hikmati

Germaniyalik musulmonlar oilasida chaqaloq tug‘ildi. Yangi mehmonning ota-onasi sunnatga ko‘ra, yettinchi kuni sochini olib, sochi og‘irligida oltinni sadaqa qildilar. Bir necha kundan keyin bolani doktor qabuliga olib bordilar. Bolani ko‘rarkan, doktor hayrat bilan so‘radi:
- Bolaning sochini siz oldingizmi yoki shunday tug‘ildimi?
- Biz o‘zimiz oldik.
Shunda doktor o‘z hayrati sababini izohladi:
- Ellik kun avval biz bir kashfiyot qildik. Unga ko‘ra, agar yangi tug‘ilgan chaqaloqning sochi qirq kun ichida olinsa, bu bolaning ko‘rish qobiliyatini oshiradi, sochlarni mustahkamlaydi, tafakkurini ochadi va yana bir qancha foydalar keltiradi. Va shu amalni yettinchi kuni bajarilsa, uning foydasi yanada kuchayadi. Meni hayratlantirgan narsa shu edi. Kashf qilinganiga atigi 50 kun bo‘lgan narsani sizlar qayoqdan bildingiz?
- Biz buni payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.dan o‘rgandik.
Doktor Muhammad s.a.v.ni tanimaganidan, u kishini tirik o‘ylab yana savol berdi:
- Payg‘ambaringizga bu xabar juda tez yetib boribdi-da?
- Yo‘q, u zot bundan 1400 yil avval yashab, bizga bu amalni o‘rgatib ketganlar.
Doktor lol qolgandi...

Islam Today

Samura roziyallohu anhu aytadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir g‘ulom aqiyqasi garovidir. Uning uchun yettinchi kuni so‘yiladi, sochi olinadi va ism qo‘yiladi», dedilar”. Abu Dovud rivoyati


2004-2018 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.