background
logotype
image1 image2 image3

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi g'oliblarini qutlaymiz!

Bismillahior rohmanir rohiym

Butun olamlarni yaratgan, Mehribon va Rahiym Allohga hamd-sanolar bo'lsin. Olamlarga rahmat payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!

Alhamdulillah, bu yilgi "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 5-bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi. Unda Rasululloh s.a.v. hayotlarining so'nggi damlari qamrab olindi. Ushbu bosqichda 42 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.

"Biz islomni bilamizmi?" viktorinasi ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi.

So'nggi 7-tur online savol-javoblardan so'ng, faxrli birinchi o'rin bu yil ham Anisa (Gulnoza Saidova)ga nasib etdi. U kishi 7 turda berilgan 140 ta savolning hammasiga aniq javob berdilar.

Har yilgidan-da samarali ishtirok etgan va so'nggi turdagina 3 ta xato javob bergan Muallim 2-o'rinni egalladilar.

3-bosqich g'olibi, 4-bosqich kumush medali sohibi bo'lgan Aziza Mannopova 5-bosqichda 3-o'rinni band etdilar.

Qo'qonlik ishtirokchi Zinnurayn 4-o'rinni egallagan bo'lsa, o'tgan yili 6-o'rinni egallagan Iroda Turdimatova 5-bosqichda 5-o'ringa ko'tarildlar. 

Online turdagi 100 foizlik natija Rabellaga 6-o'rinni naqd etdi.

1- va 2-bosqichlarda 4-o'rin, 3-bosqichda 8-o'rin sohibi bo'lgan Muhammad Aminga bu yil 7-o'rin nasib etdi.

Viktorina g'oliblariga ushbu kitob va disklar taqdim etildi:
Qur'oni karim tilovati audio diski - 6 ta disk (Hasan va Husan qorilar)
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam (Tarjimon: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Hadis va hayot silsilasi (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Ixtiloflar, sabablar, yechimlar (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Zikr ahlidan so'rang. 1-jild (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Mustalahul hadis (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Fiqhiy yo'nalishlar va kitoblar (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Ruhiy tarbiya audiodiski - 6 ta disk (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)

Ishtirokchilar va natijalarning to’liq varianti shu yerda.
Barcha savollarga javoblar shu yerda.
Biz Islomni bilamizmi tanlovi arxivi shu yerda. 

G’oliblarni va barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz. Ularga, oila a’zolariga sihat-salomatlik, Allohning salomi, rahmati va mag’firatini tilaymiz.

Viktorinada qatnashgan, bir sahifa bo'lsa ham kitob o'qib o'zining bilimini oshirgan, to oxiriga qadar hayajon bilan har bir savolga javob berib, natijalarni kutgan barcha ishtirokchilardan Alloh rozi bo'lsin! Ikki dunyoda foydali ilm bersin!

www.ziyouz.com tahririyati


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.