background
logotype
image1 image2 image3

Muallif: Imom G'azzoliy
Hajmi: 80 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
 Saqlab olish
Online o'qish 

Bismillahir rohmanir rohiym 

Shaytonning hiylasi va makrini qaytarish, uning orzusini rad etish, gumonida noumid qilish bilan bandalariga ne'matini ulkan qilib bergan Alloh taologa hamd bo‘lsin! Zero, Alloh taolo ro‘zani do‘stlariga qo‘rg‘on va to‘siq qildi. Va ularga jannat eshiklarini ochdi. Va ularga shaytonning qalblarga vasilasi - ergashiluvchi shahvatlar ekanini, albatta uni sug‘urib tashlashgina nafsni xotirjam qilishini bildirdi.

Ummatning rahnamosi va sunnatning yoyuvchisi Muhammad alayhissalomga, nurli fikr va ustun aql egalari bo‘lgan oilasiga hamda ashobiga ko‘p salovot va salomlar bo‘lsin!

Ammo ba'd, albatta ro‘za Rasulullohning (s.a.v.) «Ro‘za - sabrning yarmi» (Termiziy rivoyati) va «Sabr - iymonning yarmi» (Abu Na'iym va Bag‘dodiy rivoyati), degan so‘zlari taqozosi ila iymonning choragidir. So‘ng u - boshqa arkonlar ichida Alloh taologa nisbat berilish xususiyati bilan farqlidir. Zero, Alloh taolo payg‘ambari (s.a.v.) tili bilan aytgan hadisi qudsiyda shunday deydi: «Har bir yaxshilik o‘ndan yetti yuzgacha barobar bo‘ladi. Illo, ro‘za bundan istisno. Chunki u Men uchundir va mukofotini ham Uzim beraman»(Imom Buxoriy va Muslim rivoyati). Darhaqiqat, Alloh taolo aytadi: «Hech shak-shubha yo‘qki, sabr-tokat kilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz to‘la-to‘kis qilib berilur» (Zumar surasi, 10-oyat). Ro‘za sabrning yarmidir. Uning savobi chamalash va hisob qonuniyatlaridan o‘tib ketgan. Uning fazilatini bilishga Rasulullohning (s.a.v.) ushbu so‘zlari yetarlidir: «Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ro‘zador og‘zining hidi Alloh nazdida mushk hididan xushbo‘yroqdir. Alloh azza va jalla aytadi:«Shahvatingni, taomingni va sharobingni Mening uchun tark et. Ro‘za Men uchun va uning mukofotini O'zim beraman» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Jannatning bir eshigi bor. U Rayyon, deyiladi. Undan faqat ro‘zadorlar kiradilar. Ro‘zasining mukofoti uchun ularga Alloh taolo bilan uchrashuv va'da qilingan» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Ro‘zadorga ikki xursandchilik bordir: og‘izni ochish paytidagi xursandchilik; Rabbisiga yo‘liqqan vaqtdagi xursandchilik» (Imom Buxoriy, Muslim va Nasaiy rivoyatlari). Yana Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Har bir narsaning eshigi bordir. Ibodatning eshigi ro‘zadir»(Ibn Muborak rivoyati). Yana Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Ro‘zadorning uyqusi ham ibodatdir» (Bayhaqiy, Daylamiy va Ibn Najjor rivoyatlari, zaif). Abu Hurayraning (r.a.) rivoyat etishlaricha, Rasululloh (s.a.v.) shunday dedilar: «Agar ramazon oyi kirsa, jannat eshiklari ochiladi. Do‘zax eshiklari yopiladi. Shaytonlar kishanlanadi. Va munodiy nido qiladi: «Ey yaxshilik talabidagi, kelgin! Ey yomonlik istovchi, to‘xtagin!» (Termiziy, Hokim rivoyatlari, «...Va munodiy...»gacha «Sahihayn»da xam mavjud.) Alloh taoloning:«(Jannat ahliga) «O'tgan kunlarda qilib o‘tgan (ezgu) amallaringiz sababli(ushbu nozne'matlarni) pok bilib yeb-ichaveringlar (deyilur)» (Al-haqqa surasi, 24-oyat) so‘zi haqida gapira turib, «o‘tgan kunlar» - yeyish-ichishni tark qilgan ro‘za kunlaridir, dedilar. Darhaqiqat, Rasululloh (s.a.v.) dunyoda zohidlik qilish va ro‘za o‘rtasini faxrlanish darajasida barobar jamladilar. Aytdilar: «Alloh taolo farishtalariga yosh obid bilan faxrlanib deydi: «Ey shahvatini Mening sababimdan tark etuvchi, yoshligini Mening uchun sarf etuvchi yigit, sen Mening huzurimda ba'zi farishtalarimdeksan!» (IbnAdiy zaif sanad bilan rivoyat qilgan.) Ro‘zador xususida ham dedilar: «Alloh azza va jalla aytada: «Ey farishtalarim, bandamga qaranglar! Shahvatini, lazzatini, taomini va sharobini Mening rizoim uchun tark etajak.» (Ibn Sunniy rivoyati).

   Alloh taoloning:

   «Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib, ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya'ni, oxirat ne'matlarini) biron jon bilmas» (Sajda surasi, 17-oyat) so‘zi to‘g‘risida bu insonlarning amallari ro‘za edi, deyiladi. Chunki Alloh taolo:

   «Hech shak-shubha yo‘kki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz to‘la-to‘kis qilib berilur» (Zumar surasi, 10-oyat), deydi. Demak, ro‘zadorga mukofoti keng va ulgurjisiga beriladiki, u xayol va chamalash qonuniyatlariga bo‘ysunmaydi. Aslida shunday bo‘lishi ham kerak edi. Chunki ro‘za Uning uchundir. Unga nisbat berish bilan sharaflangandir, garchi barcha ibodatlar Uning uchun bo‘lsa ham. Bu - Baytning va hamma yerning sharafi Uziga nisbat berilishi bilan sharaflangani kabidir.Davomi...


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.