background
logotype
image1 image2 image3

Muallif: Domla Hindistoniy
Hajmi: 80 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
 Saqlab olish
Online o'qish 

Mavlono mulla Muhammad Sharif Hindistoniyning ushbu o‘z tillaridan yozib olingan tarjimai hollarini o‘qir ekanman, beixtiyor, inson boshi toshdan ham qattiq. Ammo odam boshi soy tubidagi toshdek chidab qoladi, degan o‘y hayolimda takrorlandi. Ha, Xudo g‘olib qilaman desa, odam - g‘olib! Uni hech narsa, hech qanday azob uqubat, hech qanday qiyinchilik yengolmaydi.
Ilm istagan, dili ma’rifat va yaxshilikka tashna solih yigit boshidan zamon ne tegirmon toshlarini yugurtirmadi. Uni ma’rifat va imondan to‘ydirolmadi. Balki aksincha qiyinchilik ortgan sayin uning imoni mustahkamlana, ma’rifati komillana bordi. Alloh doim sabr qilguvchilar bilandir, degan oyati karima bu ajoyib inson taqdirida yana bir karra isbotini topdi.
Mavlono Muhammad Sharif Hindistoniyning boshdan kechirganlari magnit lentasiga yozib olingan ekan. Ulamoyi kirom mulla Kamol o‘g‘li Sarimsoqjon uni qunt bilan oqqa ko‘chirib chiqdi.
Davrning ne-ne lovullarini boshidan kechirgan bir insonning yuraklarni larzaga soluvchi qissasi shu tariqa gazeta sahifasiga kirib keldi.
Bu umr qissasi – og‘zaki qissa. Unda ko‘hna jonli turkiy tilimizning o‘ziga xosliklari «oshlanmagan», «ishlanmagan» jilvalari shundoq ko‘zga tashlanadi.
Qissa shunday talaffuz qilingan bo‘lsa, shunday qog‘ozga tushdi. Bu til – mulla Hindistoniyning tili va u daxlsiz, sayqalga muhtoj emas. Ayrim o‘rinlardagina kelishiklarni andak to‘g‘riladik.
Siz bilan, o‘quvchi, hayajonlarimizni tezroq baham ko‘rishni istadik.

Ibrohim G’ofur

Tolibi ilmlar va muxlislarga nasihatlar.mp3 (13,6 Mb)


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.