background
logotype
image1 image2 image3

«Bid'at» degani nima va uning qanday zararlari bor?

Savol: «Bid'at» degani nima va uning qanday zararlari bor?

Javob: Bid'atning lug‘aviy ma'nosi «yangilik kiritish» deganidir. Shar'iy ma'nosi «dinda bo‘lmagan narsani dinga qo‘shish»dir.

Dinga yangilik kiritish haromdir. Chunki din Alloh taoloning Rasuli (s.a.v.) orqali ko‘rsatgan yo‘rig‘idir.

Shuning uchun ham Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilarki: «Dinda yangi paydo bo‘lgan narsadan chetlaninglar, har qanday yangi paydo qilingan narsa bid'at, har bir bid'at zalolatdir».

Rasuli Akram (s.a.v.) shunday deydilar: «Bizning dinimizga unda bo‘lmagan narsani kim bo‘lsa-da qo‘shsa, qaytariladi» (Imom Muslim).

Dindagi bid'at ikki xil bo‘ladi:

1.E'tiqodga taalluqli bo‘lgan bid'atlar: mutazilalar, ravofizlar, juhaymiya va boshqa toifalarning ahli sunnat va jamoat e'tiqodiga qo‘shgan fikrlari e'tiqodiy bid'atlardir.

2. Alloh va uning rasuli ko‘rsatmagan bir ish yo odatni ibodat sifatida dinga kiritish kabilar amaliyotdagi bid'atlardir.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bid'atlardan ogoh etib: «Sizlar Allohning yo‘liga ergashinglar, o‘zga yo‘llarga ergashmanglar», deb marhamat qildilar (Abdulloh ibn Mas'ud rivoyati).

Bid'atga qarshi kurashishning yo‘li ilm va ulamolardir. Ulamolar deganda ilmiga amal qiluvchilarni tushunmoq kerak. Ilmga amal qiladigan ulamolarning kamayishi bid'atning rivojlanishiga olib keladi. Allohning kitobi va Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlarini o‘rganib, ularga amal qilib, farzandlarimizni ushbu yo‘lda tarbiya qilsak, inshaalloh, bidat balosidan xalos bo‘lamiz.

Dinda savolim bor


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.