background
logotype
image1 image2 image3

Материалы

  • Muborak Oy tuhfasi dasturi - 1429 hijriy

    Assalomu alaykum aziz dindoshim!

    Sizni muborak ayyom - Ramazoni sharif bilan chin qalbimizdan qutlashga ijozat bergaysiz.
    Ushbu mohi sharif qalbingizni iymon va Alloh muhabbati bilan to'ldirsin!
    Qilajak ibodatlaringiz, duolaringiz Yaratgan huzurida maqbul bo'lsin!
    Ayyom muborak! 

    Muborak Oy tuhfasi dasturi 3 yildan beri Ramazon oyida taqdim etilib kelyapti. Inshaalloh bu yilgi Rahmat oyida ham davom etadi. Dastur Siz azizlar uchun ozgina bo'lsa ham ilm ulashish uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz. 

    Bu yilgi dastur ushbu qismlardan iborat:
    Rasululloh SAVning duolari (sahih hadislar asosida Rasululloh SAV tillaridan rivoyat qilingan duolar)
    Sahih hadisi shariflar (sahih kitoblaridan olingan ibratli hadislar)
    Sahih hikoyatlar (sahih hadislar asosida to'plangan ibratli hikoyatlar)
    Sahobalar hayotidan sahih rivoyatlar (sahih hadis va rivoyatlar asosida).

    Dasturni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi: Qur'oni karimning o'zbekcha tarjimasi (Alouddin Mansur), "Al-Jome' as-sahih" (Imom al-Buxoriy), "Sahihi Muslim" (Imom Muslim), "Sunani Termiziy" (Imom Termiziy), "Al-adab al-Mufrad" (Imom Buxoriy), "Al-azkor" (Imom Navaviy), "Shamoili Muhammadiy" (Imom Termiziy), "Arba'iyn" (Imom Navaviy), "Riyozus solihiyn" (Imom Navaviy), "Musnad" (Imom Abu Hanifa). Har bir hadisning sanadi va roviyi ilova qilindi.

    "Muborak Oy tuhfasi" dasturi www.ziyouz.comning Islomiy saytida tayyorlangan. Dastur inshaalloh Ramazonning 30 kunida davom etadi.
    Shuningdek, Muborak oy tuhfasi e-mail orqali ham yuboriladi. Agar o'zingiz va boshqa birodarlaringiz ham ushbu dasturdan bahramand bo'lishlarini hohlasangiz, ularning e-maillarini Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  yo'llashingiz mumkin.

    Allohim qilayotgan ibodatlaringizni o'z dargohida qabul qilsin! Duoda bizni ham eslasangiz judayam xursand bo'lardik.
    Wassalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!
    (Maqolalar soni: 30)
  • Muborak Oy tuhfasi dasturi - 1428 hijriy

    "Muborak Oy tuhfasi" dasturi inshaalloh, bu yilgi Ramazonda ham sizlarga taqdim etiladi. Bu dastur Siz azizlar uchun ozgina bo'lsa ham ilm ulashish uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz. 
    1428 yilgi dastur ushbu qismlardan iborat:
    - Qur'oniy duolar;
    - Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar;
    - Buyuk sahobalar o'gitlari;
    - Saodat asri qissalari.

    Dasturni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi: Qur'oni karimning o'zbekcha tarjimasi (Alouddin Mansur), "Al-Jome' as-sahih" (Imom al-Buxoriy), "Al-azkor" (Imom Navaviy), "Shamoili Muhammadiy" (Imom at-Termiziy) , "Tanbehul g'ofiliyn" (Abu Lays Samarqandiy), "Fazoilul a'mol" (Muhammad Zakariyo), "Qalbimning nuri" (Abdumurod Tilav), "Sharq Haqni topdi" (Ahmad Muhammad) va islom.ziyouz.com maqolalari.

    (Maqolalar soni: 30)
  • Muborak Oy tuhfasi dasturi - 1427 hijriy

    Muborak Oy tuhfasi dasturi Ramazon oyida Siz azizlar uchun ozgina bo'lsa ham ilm ulashish uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz.
    1427 yilgi dastur ushbu qismlardan iborat: 
    - Muborak oy oyati
    - Muborak oy hadisi
    - Muborak oy hikmati
    - Muborak oy hikoyati.

    (Maqolalar soni: 29)

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.