background
logotype
image1 image2 image3

Yuksak maqom sababi

Hasan Basriyning huzurlariga bir ayol kelib dedi:

– Mening yakka-yu yagona qizim o‘ldi. Bu musibatga chiday olmayapman. Sizdan iltimos, menga bir duo o‘rgating, qizimni hech bo‘lmasa tushimda ko‘ray.

Hasan Basriy ayolga istaganini o‘rgatdilar. Ayol ketdi, lekin ertasi kuni kechagidan ham qattiqroq yig‘lab keldi:

– Qizimni tushimda ko‘rdim, ammo juda ham qattiq azoblanayotgan holda edi. Ustiga olovdan bo‘lgan libos kiydirishayotgan ekan.

Bu gaplarni eshitgan hazrat va shogirdlarining ko‘zlariga yosh keldi...

Oradan bir necha kun o‘tgach, Hasan Basriy tushlarida o‘zlarini vafot etib, jannatga tushganlari, muhtasham qasr va u yerda bir qiz sayr etib yurganini ko‘rdilar. Qizdan so‘radilar:

– Sen qaysi payg‘ambarning ayoli yoki qizisan?

– Hazrat, men yaqinda huzuringizga faryod urib kelgan ayolning qiziman, – javob berdi u.

– Onang seni azoblanayotganingni tushida ko‘rganini aytgan edi, sen esa bu yerda, bunday maqomdasan. Qanday qilib bu martabaga erishding?

– Biz qabr hayotidagi besh yuz ellik kishi azobda edik, – so‘z boshladi qiz. – Bir kishi qabristonga kelib, o‘n bir marta Ixlos, o‘n bir marta Falaq, o‘n bir marta Nos suralarini o‘qib, savobini qabristonda yotgan barcha mo‘min-mo‘minalarning ruhlariga bag‘ishladi. Shunda Alloh taolo azob farishtalariga: «Oyatlarim va ismlarim hurmatidan mar­humlardagi azobni to‘xtatib, ularga yuqori maqom bering», deya amr etdi. Bu martabaga shundan keyin erishdim

“Irfon” taqvimining 2011 yil, 1-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.