Yomonga o‘zining yomonligi kifoya
Bir shohning ikki vaziri bor edi. Biri aql-farosati, to‘g‘riso‘zligi bilan e’tiborga tushgan, podsho ko‘p masalalarda undan maslahat olar edi. Bu vazir birovga yomonligi yo‘qligi bilan ajralib turar, uning “Yaxshi odamga yaxshi munosabatda bo‘ling, yomonga o‘zining yomonligi yetadi” degan gapi el orasida mashhur bo‘lib ketgan edi.
Narigi vazir esa uning saroydagi mavqei va odamlar orasidagi obro‘-e’tiboriga hasad qilardi. Kunlarning birida hasadchi vazir podshoning qabuliga kirib, dedi: “O, podshoyi olam! Sevimli vaziringiz: “Shohimizning og‘zidan yoqimsiz hid keladi”, deb aytdi”. Hukmdor sevimli vaziriga alohida mehr qo‘ygandi, shu sababli bu vazirning so‘zlariga ishonmadi. Hasadchi esa shohning shunday munosabat ko‘rsatishini hisobga olib qo‘ygandi: “Uni huzuringizga chaqiring, sizga yaqinlashgan payti qo‘lini burniga olib boradi, shunda men bu gaplarni bekorga aytmaganimga amin bo‘lasiz”, dedi u.
Hukmdor bosiqlik bilan buyurdi: “Yaxshi, uni chaqirib kel-chi”. Ichiqora vazir raqobatchisini ziyofatga taklif etdi va ovqatga juda ko‘p sarimsoq qo‘shdi. Yemaganiga qo‘ymadi. Tushlik tugagan zahoti birinchi vazirga uni podsho yo‘qlayotgani, zudlik bilan borishi kerakligi aytildi. U, ilojsiz, saroyga yo‘l oldi.
Podsho uning salomiga alik oldi-da: “Qani, menga yaqinroq o‘tir-chi”, deb buyurdi. Vazir hukmdorga yaqin kelgan zahoti sarimoq hidi bilinmasin deb qo‘llari bilan og‘zini yopdi. “Ha, narigi vazirim to‘g‘ri gapirgan ekan”, deb o‘yladi shoh. So‘ng bir qog‘ozga maktub yozdi-da, uni eltib berishni vazirga topshirdi. Podsho kimnidir mukofotlashni istasagina o‘z qo‘llari bilan xat yozardi. Voqealar nima bila tugashini intiqlik bilan kutib turgan hasadchi vazirning hafsalasi bir bo‘ldi. “Bu yaramas qutulib qolibdi-da, uning ustiga mukofot ham olibdi” deb o‘yladi u va raqibidan xatni unga berishini iltimos qildi. Bag‘rikeng vazir uning iltimosini qabul qildi va qaerga, kimga eltib berishi kerakligi tushuntirdi.
Lekin xatda hech qanaqa mukofot haqida gap yo‘q edi. Unda “Bu xatni olib borgan kishining boshini tanasidan judo qiling!” deb yozilgan edi.
Birinchi vazirining saroyga sog‘-omon kirib kelganini ko‘rgan podsho bunda bir sir borligini angladi. Vazir unga bo‘lgan voqealarni aytib berach, “Sen haq ekansan. Yomonga o‘zining yomonligi yetarli ekan”, dedi va donishmand vaziriga bo‘lgan mehri yana bir karra ortdi.
“Irfon” taqvimining 2014 yil 1-sonidan olindi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- 6 diniy kalima
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.