background
logotype
image1 image2 image3

Xushxabar

Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi:
“Ey imon keltirganlar, o‘zlaringizni va oila a’zolaringizni yoqilHisi odamlar va toshlardan bo‘lmish do‘zaxdan saqlangizki, unda qattiqqo‘l, Allohning buyurganiga itoatsizlik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni bajaradigan farishtalar (turur)” (Tahrim, 6, mazmuni) mazmunli oyati karima nozil bo‘lgach, Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, sahobalariga o‘qib eshittirgan edilar, o‘sha yerda turgan bir yosh yigit hushidan ketib yiqildi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, muborak qo‘llarini yigitning ko‘kragiga qo‘ydilar va yuragi urayotganini bilgach, unga: “La ilaha illalloh”, degin, dedilar. Yigit kalimani qaytargach, Payg‘ambarimiz, alayhissalom, unga oxirati haqida xushxabar aytdilar.
Sahobalar so‘rashdi:
— Yo Rasulalloh! Bu mujda oramizda faqat unga tegishlimi?
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, ularga:
—Alloh taoloning: “Bu mujda (va’da) Mening huzurimda (hisob-kitob uchun) turishdan  qo‘rquvchi va Mening ogohlantirishimdan xavfda yashovchi kishilar uchundir” deb marhamat etilgan oyatini eshitmaganmisiz? — deya javob qildilar.
Bir ansoriyning tushi
Salim ibn Abdullohdan, roziyallohu anhu:
«Ansordan bir kishining shunday deganini eshitdim: “Aziz va Jalil Allohdan Hazrati Umarni, roziyallohu anhu, tushimda  ko‘rsatishini iltijo etdim. Nihoyat, o‘n yildan so‘ng uni tushimda ko‘rdim.
— Yo amiral mo‘minin, qandaysiz? — deya so‘radim.
— Hisob-kitobim endigina tugadi. Agar Rabbimdan marhamat ko‘rmaganimda edi, mahv bo‘lardim, — dedilar”.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.