background
logotype
image1 image2 image3

«Xudo» bilan gaplashgan omi

Hasan Basriyning bir omi muridlari bo‘lib, doim u kishini ziyorat qilarkan. Ancha payt ziyoratga kelmagan muridlarini bir kuni shayx ko‘chada ko‘rib qolib, nega kelmayotganligini so‘rabdilar.

— Taqsir, men Xudoga yetishib qoldim. Har kuni xuftondan so‘ng Alloh bilan gaplashyapman.

— Bugun ham Xudo bilan munojot qilganingda mening nomimni ham eslab qo‘y, — debdilar shayx.

Omi shogird o‘z tasavvuricha bu kecha ham Xudo bilan munojot qilayotib, ustozning gapini eslab, Hasan Basriy debdi. Shunda tasavvuri butkul tarqab, go‘ngxonada o‘tirganini ko‘ribdi.

Shayton har kuni vasvasa qilib, uni go‘ngtepaga olib kelar va go‘yo xudo bilan gaplashayotgandek tasavvur uyg‘otardi.

So‘fi Olloyor aytadilar: «Ko‘rdingizmi, yaxshi odamning nomiki shaytonning ishini xabata qilib, uni qochirdimi, endi o‘sha yaxshi odam uyingizda paydo bo‘lsa, u xonadonga shayton kira olarmidi? Shunday ekan farzandingizni yaxshi odam qilib tarbiyalang, ularni ilmli qiling!»


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.