background
logotype
image1 image2 image3

Xaloskor malak

Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu:
«Ashobdan Abu Malik ismli bir odam bor edi. Bu odam tijorat bilan shuHullanar, o‘zi va boshqalarning puli qisobiga savdo-sotiq qilardi.
Ibodat va taqvo sohibi edi. Tijorat maqsadida chiqqan bir safarida qurollangan bir qaroqchiga duch keldi. Qaroqchi unga:
— Narsalaringni yerga qo‘y, seni o‘ldiraman, — dedi. 
 Abu Malik:
— Sening maqsading moldir. Mening hamma narsam senga bo‘lsin, — dedi.
Qaroqchi:
— Yo‘q, mening maqsadim mol emas, sening joningdir, — degach, Abu Malik:
— Unday bo‘lsa ruxsat ber, namoz o‘qiyin. Undan keyin xohlaganingni qil, — dedi.
Qaroqchi bunga rozi bo‘ldi. Abu Malik tahorat olib, namoz o‘qiy boshladi va shunday duo qildi:
“Ey qullarini sevuvchi, ey buyuk Arsh sohibi, ey tilaklarni bajo qilguvchi Allohim! Sendan hech bir kishi xohlab sohibi bo‘lolmagan qudrating, hech bir kishi e’tiroz bildirolmaydigan hukmronliging va Arshning har tarafini to‘ldirgan nuring haqqi-hurmati, meni bu qaroqchining tajovuzidan qutqarishingni so‘rayman”.
Abu Malik bu duosini uch bor takrorlaganidan so‘ng qo‘lida nayza tutgan bir otliqning qaroqchi yonida paydo bo‘lganini ko‘rdi. Otliq qaroqchini bir zarba bilan urib, yerga qulatganidan so‘ng Abu Malikka o‘girildi. Abu Malik:
— Sen kimsanki, Aziz va Jalil Alloh menga seni yordamga jo‘natdi?— deya so‘radi.
Otliq:
— Men to‘rtinchi qavat osmoni mo‘minlaridanman. Ilk duo qilgan vaqtingda samo eshiklaridan bir guldirash eshitdim. Yana duo qilding, bu safar samo mo‘minlaridan bir shovqin eshitdim. So‘ng uchinchi marotaba duo qilganingda: “Bu mushkulotda qolgan bir bechoraning duosidir”, deyishdi. Shundan so‘ng men ham Allohdan bu qaroqchini o‘ldirish vazifasini menga topshirishini niyoz etdim. Senga xushxabar keltirdim: kim tahorat olib, to‘rt rakat namoz o‘qiganidan so‘ng bu duoni uch marotaba takrorlasa, mushkulotda qolsin-qolmasin, uning duosi albatta qabul qilinadi, — deb ko‘zdan Hoyib bo‘ldi».


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.