Islom buyuklaridan ibratli hikmatlar
“Ko‘p ibodat qilaman deb mag‘rurlanmagin. Iblisning ming yillab qilgan ibodati nima bo‘lganini ko‘rib fikr qilgin.”
Hasan al-Basriy
“Tavoze’lik – bu haqiqatni garchi yosh boladan, o‘qimagan yoki johil odamdan eshitganda ham uni qabul qilishdir”.
Fuzayl ibn Iyoz
“Baraka shukronalikka bog‘liq, shukronalik yanada ko‘proq baraka olib keladi. U ikkisi o‘zaro bir-biriga bog‘langandir”.
Ali ibn Abu Tolib
“Alloh sen yaxshi ko‘rgan narsalarni muntazam berib turishini orzu qilsang, sen ham Unga maqbul bo‘ladigan amallarni muntazam qilib yurgin”.
Ahmad ibn Hanbal
“Bir inson ilm o‘rganmoqni istasa u uch bosqichni bosib o‘tadi:
1. Kekkayib ketadi;
2. Kamtar bo‘lib qoladi;
3. Hech narsa bilmasligini tushunib yetadi.”
Sufyon Savriy
“Ba’zan o‘tmishi eng yomon bo‘lgan odamlar o‘zlariga eng yaxshi kelajakni yaratadilar”.
Umar ibn Xattob
“Allohni yo‘qotgan odam nimani topadi?! Aksincha, Allohni topgan odam nimani yo‘qotadi?”
Ibn Atoulloh Iskandariy
“Bandaning Alloh bergan in’omiga haqiqiy shukronalik qilishi - uning O‘ziga osiylik qilmaslikdadir”.
7 yosh vaqtlarida Junayd Bag‘dodiyning aytgan gaplari
“Agar inson yetarlicha dono bo‘lsa, o‘zining qilgan gunohlarini o‘ylashi boshqa odamlar qilgan gunoh ishlarni ko‘rishdan diqqatini chalg‘itadi”.
Imom Shofeiy
O‘zgalarning dard-alamini o‘ziga olib uni yengillatish bu muruvvatning eng oliy mohiyatidir”.
Abu Bakr Siddiq
“Sevgingga erishmog‘ing uchun avval yomon ko‘rgan narsangga sabr qilishni o‘rganishing zarur.”
Imom G‘azzoliy
“Kimdir menga g‘azab qilib xafa qilsa, Alloh uni menga itoatkorlikni o‘rgatish uchun yuboribdi deb o‘ylayman”.
Ibn Qayyum
“Oramizdagi eng ko‘p gunohi borlar boshqalarning gunohlarini gapirib vaqtini o‘tkazadiganlardir”.
Ibn Sirin
“Hayotingning maqsadi bo‘lsin, unga yetishish uchun butun imkoniyatingdan foydalangin, albatta muvaffaqiyatga erishasan”.
Usmon ibn Affon
“Mo‘minning eng yaxshi xislati — uning kechirimli ekanligidir”.
Hasan Basriy
“Har qanday miqdordagi gunoh o‘tmishni o‘zgartira olmaganidek, har qanday taraddud ham kelajakni o‘zgartira olmaydi”.
Umar ibn Xattob
“Qanday qilib behuda orzu-havaslarga bog‘langan ko‘ngil Allohning huzuriga safar qilsin?! Qanday qilib kasofat g‘aflatidan poklanmay vujudi ilohiyga mushtoq bo‘lsin?! Qanday qilib qilgan gunohlariga iqror bo‘lmay nozik sirlarni tushunishga umid qilsin?!”
Ibn Atoulloh Iskandariy
Ingliz tilidan Sherzod Tog‘ayev tarjimasi
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.