“Ilm ko‘tarilmasidan uni o‘rganinglar”
Olimlardan biri aytadi: «Ilmni boy bergan kishi nimaga erishdiyu, ilmga yetishgan kishi nimani yo‘qotdi?!»
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kimga Qur’on ilmi berilgan bo‘lsayu, boshqa odamni o‘zidagidan yaxshiroq narsaga ega deb bilsa, Alloh taolo ulug‘lagan Qur’onni kamsitgan bo‘ladi».
Fath Musaliy: «Kasalga obu taom berilmasa, o‘ladimi?» deb so‘radilar. Atrofdagilar: «Ha, o‘ladi», deyishdi. Aytdilar: «Qalbga ham uch kun ilm berilmasa, o‘ladi».
Darhaqiqat, shayx Musaliy rost gapirdilar. Zero, jasadning ozig‘i taom bo‘lganidek, qalbning ozig‘i va hayoti manbai ilmu hikmatdir. Kim ilmni boy bergan bo‘lsa, uning qalbi kasaldir, u qalb o‘limga mahkum, lekin o‘zi sezmaydi. Jarroh tig‘ini bemor kuchli qo‘rqinch tufayli sezmagani kabi, qalbning ham dunyoga muhabbat qo‘yishi va u bilan mashg‘ul bo‘lib qolishi undagi sezgi va qobiliyatni yo‘q qiladi. Qachonki o‘lim yetib, dunyo mashaqqatlari ustidan tushgan paytda o‘zini o‘zi halok qilganini his etadi, qattiq hasrat-nadomat chekadi, lekin u foyda bermaydi. Bu holat mastga mastlik paytida, qo‘rqqan kishiga xavf-xatar vaqtida yetgan jarohat alamini o‘ziga kelganda va xavf uzoq bo‘lganda sezgani kabidir. Pardalar ko‘tariladigan kunda Allohning o‘zi panoh bersin. Insonlar uyqudadirlar, o‘lganda uyg‘onadilar.
Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) aytadilar: «Olimlar qalamlarining siyohi shahidlar qoni bilan o‘lchanadi. Shunda olimlar qalamlarining siyohi shahidlar qonidan og‘ir keladi».
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Ilm ko‘tarilmasidan uni o‘rganinglar. Ilm olimlarning vafoti tufayli ko‘tariladi. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Alloh yo‘lida shahid bo‘lgan kishilar (qiyomat kunida) olimlarga berilgan karomat-darajalarni ko‘rib: «Koshki bizni ham Alloh olim qilib tiriltirsa», deb orzu qiladilar. Zero, hech kim olim bo‘lib tug‘ilmaydi. Ilm o‘rganish, ta’lim olish bilan egallanadi».
Imom G‘azzoliyning “Ihyou ulumid-din” kitobidan
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.