Hazrati Umarning xutbasi
Bahiladan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: “Hazrati Umar (roziyallohu anhu) Shomga kelganlarida Jobiya mavzeida xutba o‘qib, bunday dedi:
–Ey insonlar! Allohning Kitobi – Qur’onni o‘rganinglar, u tufayli tanilgaysiz. Unga amal qilinglar, unga loyiq bo‘lasiz. Zero, hech bir haq egasi Allohga ma’siyat qilib, Uning amriga bo‘ysunish darajasiga yeta olmagan.
Haq so‘zni aytish kishining ajalini yaqinlashtirmaydi, rizqini uzoqlashtirmaydi. Bilinglar, banda va rizqi orasida bir parda bor. Agar u sabr qilsa, rizqi unga keladi. Agar sabr qilolmay, pardani majburlab ochmoqchi bo‘lsa, ham parda yirtiladi, ham rizqidan bebahra qoladi.
Otlarni yaxshi parvarish qiling. O‘q otishni o‘rganing. Yalangoyoq yuring. Misvok ishlating. Rumliklarning axloqidan o‘rnak olmang. Qo‘pol insonlar bilan hamsuhbat bo‘lmang. Hammomga yalang‘och kirmang.
– Ey insonlar! Bilinglar, Alloh taolo uch kishini oqlamaydi, yuzlariga qaramaydi, Qiyomat kuni ularni O‘ziga yaqin tutmaydi. Bulardan birinchisi, birovni boshliq qilish maqsadida dunyo manfaati uchun yoqlagan va undan istaganini olganida uni maqtagan, orqasidan esa yomonlagan kimsadir. Ikkinchisi esa, narsalarini sotuvga chiqarib: “Allohga qasam, menga mana shu narxda olaman deyishdi, lekin bermadim”, deb mol sotgan savdogar. Uchinchisi, musulmonlarni so‘kadigan fosiq kimsadir.
– Ey insonlar! Goh sehrga, goh kohinga, goh folchiga borib, ularning “xabar”lariga ishongan kimsa Alloh taolo va Uning payg‘ambari Muhammadga (sollallohu alayhi va sallam) nozil bo‘lganlarni inkor etgan bo‘ladi”.
“Al-Kanz”, “Hayotus sahoba” kitoblari asosida
Sumayro Abdumurod qizi tayyorladi.
“Hidoyat” jurnalining 2011 yil, 11-sonidan olindi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Ro‘za kitobi
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- Tahorat kitobi
- Salovotlar. Istig'for duolari
- 6 diniy kalima
- G‘usl, tayammum
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Eng yomon sakkiz toifa
- Besh panjaning ma’nosi
- Namoz haqida oyat va hadislar
- Ramazon taqvimi (2018 yil / 1439 hijriy)
So'nggi maqolalar
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
- Rufay ibn Mihron
- Muhammad ibn Hanafiy
- Zaynab binti Jahsh
- Juvayriyya binti Horis
- Zaynab binti Xuzayma
- Savda binti Zam’a
- Alloh uchun “Alloh” desaydim...
- “Oxiri ketish boʻlgan dunyo uchun mahzun boʻlma!”
- Dunyo hojatlarini uning egasidan soʻrashga hayo qilaman
- Qozonning tagini yalama!
- Baʼzilar 25 yoshda oʻlib, 75 yoshda dafn qilinadilar
2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.