background
logotype
image1 image2 image3

Hazrati Abu Bakr(r.a)dan hikmatli so‘zlar

- Agar men Alloh va Rasulining yo‘lidan yurmasam, menga itoat qilmang!

- To‘rt narsani to‘rt joyga qoldiring: uyquni qabrga, rohatni sirot ko‘prigiga, maqtanishni mezonga, orzu-istakni jannatga.

- Kitoblar — oqillarning bog‘lari, fozillarning xushbo‘y gullaridir.

- Maqtanchoq bo‘lmang! Tuproqdan yaralib yana tuproqqa qaytib, qurtlarga yem bo‘ladigan insonning maqtanishi nimaga ham yaraydi?!

- Komil inson kechirimlilikni qarz, yaxshilik qilishni esa farz deb qabul qiladi.

- Nimani gapirishni, kimga gapirishni va qachon gapirishni unutmang.

- Qarindoshlar orasidagi dushmanlikning o‘rmonga tushgan o‘tdan farqi yo‘q.

- Go‘zal, yoqimli so‘zlashishning siri bekorchi gaplarni tark etishdir.

- Boylik xasisda, qurol qo‘rqoqda, hukm zaifda bo‘lsa tartib intizom izdan chiqadi.

- O‘zingga qabr emas, o‘zingni qabrga hozirla!

- Haromni tark etmoq halolni talab qilishdan xayrlidir.

- Qabrga tayyorgarliksiz kirish dengizga qayiqsiz chiqishga o‘xshaydi.

- Qo‘shning bilan bahsu munozara qilma, zero, mehmon ketar, qo‘shni qolar.

- Nafsingni shunday isloh etki, xalq senga ergashsin.

- Sabr qiling, sabr hamma narsaning boshidir.

- Bag‘ritoshlik ko‘p yolg‘on va hasadning natijasidir.

- Rostgo‘ylik omonat, yolg‘onchilik esa xiyonatdir.

- Seni tushunishdan ojiz ekanini tushunish, haqiqatdan seni tushundi deganidir.

- Shu 4 xislatga ega bo‘lganlar bandalarning yaxshilaridir: tavba qilishni sevadigan, gunohkorlarni kechirilishini tilaydigan, yomonni (tuzalishi uchun) duo qiladigan va yaxshilarga yordam beradigan.

Turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.