background
logotype
image1 image2 image3

Fahmlovchi qalb kerak

Abdulloh Payg‘ambarimizning amakilari Abbosning o‘g‘li. U Rasullulohning so‘zlarini eshitib, amallarini ko‘rib, ulg‘aydi. Abbos tug‘ilganida u zot : “Uni dinda faqih qilgin”, deb duo qildilar. Abdulloh ulg‘aygach unga: “Har qanday holatda Allohni yodingda tut, u ham seni hifzu himoyasiga oladi, Senga yaqin bo‘ladi”, der edilar.

Rasululloh vafot etgan yili Ibn Abbos o‘n uch yoshda edi. U ilmni sevuvchi, Qur’on va sunnatga og‘ishmay amal qiluvchi edi. Og‘ir damlarda Payg‘ambarimiz bilan birga bo‘ldi, u zot dunyodan o‘tganidan keyin ham sahobalardan ilm o‘rgandi.

Sahobalarning ko‘pi vafot etgach, Ibn Abbos yetakchi faqihlardan biri bo‘lib qoldi. Undan: “Ey Ibn Abbos, bu ilmga qanday yetishding?” deb so‘rashganida: “So‘rovchi til va fahmlovchi qalb bilan”, deb javob qildi.

Yulduz Asqar qizi tayyorladi.

Hidoyatjurnalining 2012 yil, 10-sonidan olindi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.