background
logotype
image1 image2 image3

“Dunyoning o‘yinchog‘i bo‘lib qolgan olimga achinaman”

Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: «Men uch kishiga achinaman: bir qavmning xor bo‘lgan raisiga, qavmning faqir bo‘lib qolgan boyiga va dunyoning o‘yinchog‘i bo‘lib qolgan olimga».

Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Olimlarning jazosi qalblarining o‘lishidir. Qalbning o‘limi esa, oxirat amali bilan dunyo talab qilishdir».

Bir shoir shunday ma’noda aytgan ekan: «Hidoyat evaziga zalolat sotib olganlarga ajablanaman. Kim dini evaziga dunyoni sotib olsa, yanada ko‘proq ajablanarlidir. Bu ikkalasidan ham ajablanarlirog‘i dinini birovning   dunyosi uchun sotgan kishidir. Zero, bu ish ikkalasidan ham ajabroqdir».

Shuning uchun ham Hasan Basriy (r.a.) aytganlarki: «Olimlarning jazosi qalblarining o‘lishidir. Qalbning o‘limi esa, oxirat amali bilan dunyoni talab qilishdir».

Shuningdek, Yahyo ibn Muoz (r.a.): «Qachon ilm va hikmat bilan dunyo talab qilinsa, ularning hikmati yo‘qoladi», deganlar.

Said ibn Musayyab (r.a.) aytadilar: «Qachon bir olimning amirlar atrofida o‘ralashib yurganini ko‘rsangiz, (bilingizki) u o‘g‘ridir».

Hazrati Umar (r.a.) aytadilar: «Qachon bir olimning dunyoga muhabbat qo‘yganini ko‘rsangiz, diningiz ishlarida undan ehtiyot bo‘linglar. Chunki har bir oshiq sevgan narsasiga sho‘ng‘ib ketadi».

Imom G‘azzoliyning “Ihyou ulumid-din” kitobidan


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.