“Biladigan va bilishini ham biladigan kishi olimdir”
Hazrati Umar (r.a.): «Bu ummat uchun men qo‘rqqan narsaning eng qo‘rqinchlisi ilmli munofiqdir», deganlar. «Ilmli munofiq qanday bo‘ladi?» deb so‘rashganda, u zot (r.a.): «Tilda olim, qalb va amalda johil», deb javob berganlar.
Hasan Basriy (r.a.) aytadilarki: «Olimlarning ilmini, hakimlarning hikmatini o‘rganib, amalda esi pastlar yo‘lida yuruvchilardan bo‘lma».
Bir kishi Abu Hurayraga (r.a.): «Men ilm o‘rganishni xohlayman, lekin uni zoe’ qilishdan qo‘rqaman”, deganida, u kishi (r.a.): «Ilm o‘rganishni tark qilish uning zoe’ bo‘lishi uchun kifoyadir», dedilar.
Ibrohim ibn Uyaynadan (r.a.): «Odamlar ichida eng ko‘p pushaymon bo‘luvchisi kim?» deb so‘rashganda, u kishi: «Dunyoda qadriga yetmaydigan odamga yaxshilik qilgan kishi, o‘lim vaqtida ilmiga amal qilmagan olim», dedilar.
Xalil ibn Ahmad (r.a.) shunday deganlar: «Odamlar to‘rt xil bo‘ladi: 1. Biladigan va bilishini ham biladigan kishi. U olimdir, unga ergashinglar. 2. Biladi, lekin bilishini bilmaydigan kishi. U uyqudadir, uni uyg‘otib qo‘yinglar. 3. Bilmaydigan va bilmasligini biladigan kishi. U yo‘l qidiruvchidir, uni yo‘lga solinglar. 4. Bilmaydigan va bilmasligini ham bilmaydigan kishi. U johildir, undan qochinglar».
Sufyon Savriy (r.a.) aytadilar: «Ilm amalni chorlaydi. Agar u (amal) javob bersa (ya’ni, kelsa), yaxshi. Aks holda ilmning o‘zi ham ketib qoladi».
Ibn Muborak (r.a.) aytadilar: «Kishi modomiki ilm izlab yurgan ekan, u olimdir. Qachon o‘zini olim bo‘ldim deb o‘ylasa, johil bo‘lib qoladi».
Imom G‘azzoliyning “Ihyou ulumid-din” kitobidan
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.