background
logotype
image1 image2 image3

Besh hadis

Imom A’zam o‘g‘illariga shunday nasihat qildilar: “O‘g‘lim, men besh yuz ming hadis orasidan tanlab olgan quyidagi besh hadisga qat’iy amal qil!

1. Amallar niyatga ko‘radir. Har kimga niyat qilgani beriladi!

2. Kishining keraksiz narsalarni tark etishi islomining yaxshiligidandir.

3. O‘zingizga ravo ko‘rganingiz va yaxshi ko‘rganingizni dindoshingizga ham ravo ko‘rmaguningizcha (chin) musulmon bo‘lolmaysiz!

4. Halol ma’lum, harom ham ma’lum. Alloh go‘zaldir va go‘zal narsalarni qabul qiladi.

5. Musulmon o‘zgalarga qo‘li va tili bilan zarar bermaydigan insondir.

Sen Allohning azobidan qo‘rq va rahmatiga umid bog‘la! Xavf va rajo o‘rtasida bo‘l. Biroq umiding xavfingdan g‘olib kelsin. Alloh haqida yaxshi gumonda bo‘l!

O‘g‘lim, salim qalb bilan o‘lishingni istayman.

Alloh G‘afur va Rahimdir!”

“Irfon” taqvimining 2010 yil, 2-sonidan olindi.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.