background
logotype
image1 image2 image3

Abu Zarr G'iforiyning o‘gitlari

Sufyon as-Savriydan, roziyallohu anhu:
“Abu Zarr G'iforiy, roziyallohu anhu, Ka’ba yonida turib:
— Ey insonlar! Sizning foydangizni o‘ylagan bir birodaringiz sifatida bir-ikki og'iz gapirmoqchiman, — dedi. 
Odamlar uning gaplarini eshitib atrofini o‘rab olishdi. Abu Zarr G'iforiy ulardan: 
— Mobodo yo‘lga chiqmoqchi bo‘lsangiz safar uchun kerakli narsalar tayyorlaysizmi, yo‘qmi? — deya so‘radi. 
Odamlar: 
— Albatta, tayyorlaymiz, — deb javob berishdi.
— Qiyomat safari eng uzoq safardir. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ring.
— Qanday hozirlik ko‘rishimiz kerak?
— Katta tashvish-xavotirlardan xalos bo‘lish uchun haj farzini ado etingiz. Qiyomat kunida qattiq savol-javob bo‘lishini o‘ylab, issiq kunlarda ro‘za tuting. Qabrning dahshati va u yerdagi yolg‘izlikni o‘ylab, kechaning tim qoronHusida turib, namoz o‘qing. Qiyomat kunining mashaqqatlarini o‘ylab, doimo foydali gaplarni ayting. Agar buni uddalay olmasangiz, zararli biror so‘z aytib yubormaslik uchun jim turing. Molingiz bilan muhtojlarga yordam bering. Kuningizni ikkiga bo‘lib, bir qismini oxiratga tayyorgarlik ishlari, qolganini halol rizq-nasiba topish bilan o‘tkazing. Uchinchi bo‘limining esa sizga foydasi yo‘q, zarari bordir. Molingizni ham ikkiga bo‘ling. Bir qismini bola-chaqangiz uchun sarflab, qolganini oxiratingiz uchun ozuqa qiling. Uchinchi qismining esa sizga foyda emas, zarari borligi uchun, unga ehtiyojingiz yo‘qdir.
Abu Zarr G'iforiy, roziyallohu anhu, so‘zining oxirida baland ovozda:
— Ey insonlar! Azaldan bor bo‘lgan, oxiri ham ko‘rinmaydigan katta bir hirs-ehtiros sizlarni o‘ldirmasin, — deb hayqirdilar”. 

***

Abu Nuaymdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi.
Abu Zarr G'iforiy, roziyallohu anhu, aytdilar:
“Insonlar o‘lmoq uchun tug'iladi, yiqilmoq uchun baland imoratlar qurishadi, o‘tkinchi hayotlari uchun butun kuchlari bilan harakat qilishadi-yu, abadiy hayotlari uchun ozgina Hayrat ko‘rsatishmaydi. Oh!.. Ko‘pchilik yoqtirmaydigan uch narsa aslida naqadar go‘zal: faqirlik, xastalik va o‘lim...”


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.