Ulug‘larning onalari...
Har bir ota-ona farzandini yaxshi tarbiyalashni, orzularini jigarporasida ko‘rishni istaydi. Bu istakka yetish esa o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, ota-onalardan o‘ta noziklik va hushyorlik talab qilinadi. Ular burchlarini sidqidildan bajarsagina maqsadlariga erishadi. Ayniqsa, bola tarbiyasida onalarning o‘rni muhim. Buyuk zotlarning ko‘plari ilm olib, yuksak martabalarga yetishuvida onalarining hissasi ko‘p bo‘lganiga tarixda misollar yetarli.
Hadis ilmi ustozlaridan Sufyon Savriyning onasi o‘g‘liga bunday degan ekan: “O‘g‘lim, ilm o‘rganing, ro‘zg‘or tashvishlarini o‘ylab, fikringizni bo‘lmang. Men, inshaalloh, ip yigirib sotib o‘qishingizga ko‘maklashaman”. Natijada uning o‘g‘li Sufyon yillar o‘tib Avzoiy ta’riflaganidek: “Islom ummati so‘zini bir ovozdan qabul qiladigan nodir olim” bo‘lib yetishdi.
Muhammad ibn Idris Shofi’iy otasidan juda erta yetim qoladi. Farzand tarbiyasidan xavotirlangan ona ikki yashar o‘g‘lini G‘azzadan Makkaga olib keladi. “Ota-bobolaring yurtida o‘sib-ulg‘ayganing yaxshi”, deydi. Shofi’iyning o‘zlari hikoya qilganlaridek: “Onam meni o‘qitishni juda-juda istardi. Lekin yetarli mablag‘i yo‘q edi. Mening o‘zim o‘qishga astoydil kirishdim”. Muzaniy deydi: “Shofi’iy yetti yoshida Quro’nni yod olgan, o‘n yoshida esa “Muvatto”ni yodlagan”.
Ahmad ibn Muhammad ibn Hanbal hikoya qiladi (u kishi ham juda erta yetim qolgan): “Olti yoshimda onam meni tong sahar uyg‘otib, o‘zi tahorat oldirar edi. Tahorat olib bo‘lganimdan so‘ng chiroyli kiyimlarni kiygazib, qo‘limdan yetaklab masjidga olib kelardi. Meni xonaqoxga kirgizib, o‘zi masjidning pana joyiga o‘tib olardi. Bir ozdan keyin muazzin kelib, bomdod namoziga azon aytardi”.
Ibn Najiyya (Nujiyya) nomi bilan tanilgan ulug‘ olim Ali ibn Ibrohim davrining katta mufassir va voizlaridan bo‘lgan. Sulton Nuriddin Zinkiy va Salohiddin Ayyub hurmatiga sazovor bo‘lgan. Ana shu olim tafsir fanida katta yutuqlarni qo‘lga kiritishidagi sirni aytib, bunday deydi: “Tafsirni tog‘amdan ta’lim olganman. Darsdan qaytishim bilan onam so‘roqqa tutardi:
– Bugun qaysi surani o‘rganding?
Men darsni tog‘amdan qanday eshitgan bo‘lsam, shundayicha onamga aytib berardim. Onam so‘zlarimni oxirigacha tinglab bo‘lib, boshini chayqardi: “Yaxshi, lekin hamma bilganlarini aytmabdi-da. Men tafsirni tog‘ang bilan birga o‘rganganman. Aslida ulamolar bu oyat tafsirida bunday deyishgan, yana bunday deyishgan”, deb tog‘am aytganlariga qo‘shimcha qilib qo‘yardi”.
Bunday go‘zal ibratlar bilan tanishib, Payg‘ambarimizning “Jannat onalar oyog‘i ostidadir”, degan hadislarini yana ham teranroq anglaymiz. Hadisda ta’rifi kelgan onalar farzand tarbiyasi ulug‘ vazifa ekanini tushunib, burchlarini munosib bajargan onalardir.
Abdug‘afur Niyozqulov,
“Sayyid Muhyiddin maxdum” Islom o‘rta-maxsus bilim yurti mudarrisi
“Hidoyat” jurnalining 2012 yil, 11-sonidan olindi.
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.