background
logotype
image1 image2 image3

Til o‘rgangin

Zayd ibn Sobitdan, roziyallohu anhu:
“Janobi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, menga:
— Sen suryoniy tilini yaxshi bilasanmi? Chunki menga ushbu tilda yozilgan xatlar keladi, — dedilar.
— Yo‘q, — dedim men.
— O‘rgangin, — deya marhamat qildilar. Shundan so‘ng men suryoniy  tilini o‘rganishga kirishdim va o‘n yetti kun ichida o‘rganib oldim”.
Yomonlikka yaxshilik
Abu Hurayradan, roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
«Bir kun bir ayol oldimga kelib: 
— Men ham zino qildim, ham zinodan tuHilgan bolamni o‘ldirdim. Endi shu gunohimdan tavba qilsam bo‘ladimi?  — deb so‘radi. 
— Sen uchun tavba yo‘q! — dedim men ayolga. — Alloh ko‘zingni ko‘r qilsin, hech bir qulaylik bermasin...
Shundan so‘ng ayol yig‘lab, tizzalariga urib chiqib ketdi. Ertasi kuni bomdod namozini o‘qib bo‘lgach, bu voqeani aytgan edim – Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalom: 
— Sen ayolga naqadar yomon javob beribsan. Sen axir “Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur. Magar kim tavba qilsa va imon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli, mehribon Zotdir” (Furqon, 68-70) mazmunli oyatlarni o‘qimaganmiding? — deya marhamat qildilar. 
Shundan so‘ng darhol ayolni chaqirtirib, unga bu oyatlarni o‘qib berdim. Ayol sevinganidan o‘sha zahoti sajda qildi va:
— Menga qutulish eshigini ochgan Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin, — dedi».


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.