background
logotype
image1 image2 image3

Tahorat suvining hikmati

Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:
«7 yoshimda murattab qori bo‘lganman. Shundan so‘ng otam meni ilm o‘qitishga berdi. Dastlab «Zarur masalalar» degan kichik kitobni o‘qidik. Unda shunday masala bor edi:
Pok odam tahorat qildi, tahoratidan tushgan suvlarni bir idishga to‘pladi. Ariqda oqib yotgan suvda tahorat qilsa bo‘ladi, lekin tahoratdan qolgan suvda tahorat qilib bo‘lmaydi. Yana bir kishi ko‘chadan terlab kelib, salqinlayman deb suvdan foydalandi. Undan qolgan suvda ham tahorat qilsa bo‘ladi. Lekin tahorat qilingan suvda qayta tahorat qilib bo‘lmaydi.
Shu masalani o‘qiganimdan beri uning hikmatini o‘ylardim. Tahorat qiluvchining badani toza edi-ku, nega undan qolgan suvni ishlatib bo‘lmaydi?
Alloh taolo: «Men sizga bir ne’mat bersam, uni yashirmangiz» deydi. Keyinchalik, Xudoyi taolo menga go‘zal darajalarni ato etdi. Tahorat qiluvchi bandaning tahorati suvi bilan qo‘shilib, gunohlari ham yuvilib ketishini ko‘zlarim bilan ko‘rdim. Shuning uchun asli toza tahorat suvi bandaning gunohlari bilan qo‘shilib, iflos suvga aylanarkan…»

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.