background
logotype
image1 image2 image3

Sahroyining samimiyati

Boburiy shohlardan Akbar katta mushoira tashkil etibdi. Shu mushoiraga bir sahroyi odam ham she’r yozib borsam Akbarshoh menga ham katta in’omlar beradi degan umidda qog‘oz qoralab boribdi. 
Mushoiraga kirayotgan shoirlarning she’rlarini Bosh vazir ko‘rib, so‘ng kiritarkan. Sahroyining she’rini ham ko‘ribdi. She’rning vazn, qofiyasi bor-u, mazmuniga umuman e’tibor berilmagan ekan. Yana Akbarshoh madhida «Eshakning bolasi» degan ta’rif ham bor ekan. Shunda Vazir:
— Sen telbamisan? Shohga ham shunday deydimi? – desa, sahroyi dermish:
— Lekin qofiyasi zo‘r kelgandi-da!
Shunda Vazir «Akbar – eshakning bolasi» degan joyini «Akbar – quruqlik va suvlikning podshosi» deya o‘zgartirib, mushoiraga kiritibdi.
Akbarning she’riyatdan xabari bor, she’rni eshitib bo‘lib so‘rabdi:
— To‘g‘risini ayt, oldingi bir misra kimniki-yu, keyingi bir misra kimniki?
— Ana u yerda bir yaramas vaziringiz bor ekan. She’rimni o‘zgartiribdi. Aslida men «Akbar – eshakning bolasi» deb yozgan edim.
Akbar sahroyining samimiyligini ko‘rib, unga in’om-ehson qilgan ekan.

2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.