background
logotype
image1 image2 image3

Sadaqa raddi balo

Muhammad ibn Usmon otasidan rivoyat qiladi:
«Horisa ibn No‘monning ko‘zlari ko‘rmas edi. Shuning uchun namoz o‘qiydigan hujrasida eshik oldigacha bir ip tortib qo‘ygan edi. Biror tilanchi kelsa, shu ipdan tutib eshikkacha borar va sadaqa berardi. Bolalari:
— Otajon, nega o‘zingizni buncha ovora qilasiz? Sizning o‘rningizga bu ishni biz ham qilamiz-ku, — deyishdi.
Shunda Horisa ibn No‘’mon:
— Nabiyning, sollallohu alayhi va sallam: “Kishining o‘z qo‘li bilan kambaHalga (sadaqa) berishi, uni yomon hollarga tushib qolishdan saqlaydi”, deya marhamat qilganlarini eshitganman, — dedilar».


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.