background
logotype
image1 image2 image3

Riyodan ogohlantirish

Ibn Abbosdan, roziayllohu anhu:
“Hazrati Umar, roziyallohu anhu, bir kuni yonidagi odamlardan:
— Men bu kecha bir oyatni o‘qidim. Tonggacha uxlayolmadim. Oyatning ma’nosi quyidagicha: “Ostidan anhorlar oqib turuvchi, xurmoyu uzumlari bor, turli xil mevalari mo‘l bog‘i bo‘lgan bir odam o‘zi keksayib, notavon (yosh) bolalari bilan qolgan paytida o‘sha bog‘ini olovli to‘fon urib, yonib ketishini xohlaydimi? Tafakkur qilursizlar, deb Alloh o‘z oyatlarini sizlarga shunday bayon qiladi” (Baqara, 265, mazmuni). Bu misol savobli ishlarni riyo bilan amalga oshiruvchi kishiga nisbatan aytilgan. YonHin tufayli bog‘bon ne umidlar bilan parvarish qilgan bog‘-roHidan mahrum bo‘lganidek, riyokor odam ham oxiratda ajru savobdan bebahra qolishi to‘g‘risida ogohlantirilmoqda. Alloh bu tamsili bilan nimani nazarda tutgan ekan? — deya so‘radi. 
— Alloh biladi, — deb javob qildi o‘sha yerda o‘tirganlardan biri. 
— Alloh bilishini men ham bilaman, — dedi Hazrati Umar, — men birortangiz bu borada biror narsa bilsangiz yoxud eshitgan bo‘lsangiz, gapiring, deb so‘radim. 
Shunda hamma jim qoldi. Faqat men bir narsalarni pichirladim. Hazrati Umar meni ko‘rishi bilan:
 — Tortinma, jiyan. Bilgan narsang bo‘lsa, gapiraqol, — dedi.
— Alloh taolo bu tamsil bilan kishining amalini nazarda tutgan. Ortiqcha tafsilot qilolmayman, — dedim.
Shunda Hazrati Umar, roziyallohu anhu, izohlay boshladilar:
— To‘g‘ri aytasan. Alloh taolo bu tamsil orqali kishining amalini eslatmoqda. Kishi qariganida va bir necha kichik va boqimanda bolalari bo‘lganida, shunday daromadli bir boqqa ko‘p muhtoj bo‘ladi. Ha, sen juda to‘g‘risini gapirding».

2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.