Qulning sadoqati (“Masnaviy”dan)
Luqmon oddiygina qul bo‘lib, xojasi uni juda yaxshi ko‘rar, birga tamaddi qilishni xush ko‘rar edi. Xojaga bir qovun hadya qilindi. Qullaridan biriga Luqmonni chaqirib kelishni buyurdi.
Luqmon kelganida xojasi qovundan bir tilim uzatdi. U sohibining ikromini mamnuniyat bilan qabul qildi. Qovundan yana kesib berdi, Luqmon ishtaha bilan yedi.
Xoja: «Luqmon qovunni juda yaxshi ko‘rar ekan», deb o‘yladi va bir tilim qolguniga qadar kesib beraverdi. Luqmon ham har safar qovunni ishtaha bilan yerdi. Uning ishtahasini ko‘rgan xo‘jayin qovun juda shirin ekan deb o‘ylab, oxirgi tilimdan tishlab ko‘rdi. Shu zahoti uning achchiq ta’midan yuzlari burishib ketdi. «Luqmon, qovun juda achchiq ekan, uni qanday qilib bunchalar ishtaha bilan yeding?», deb so‘radi.
Luqmon: «Bir necha yillardan buyon qo‘lingizdan shunday totli-mazali taomlar yedimki, bu hadyangizni «achchiq ekan», deyishga uyaldim. Sizdan kelgan mashaqqatga faryod qilgandan burnim yerga ishqalgani afzal. Lutf bilan in’om etgan bu qo‘llaringizdagi mazali qovunda qanday achchiq ta’m qoldirishi mumkin?!», deb javob berdi.
Sevgidan achchiq shiringa, mis oltinga aylanadi!
Sevgi bilan ko‘chkilar to‘xtab barham topar!
Sevgidan o‘likka jon kirar!
Sevgidan podshoh qul, qul podshoh bo‘lar!
Sevgidan zindon gulzorga, zulmat nurga almashar!
Sevgidan ginayu kuduratlar o‘rnini shodu xurramlik olar!
Sevgidan yo‘lto‘sar yo‘l ko‘rsatuvchiga aylanib, hidoyatga yo‘l ochar!
Sevgidan xastalik sihat va ofiyatga aylanadi!
Sevgidan qahr-g‘azab rahm-shafqatga almashadi!
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan
Turkchadan Abdulloh Rahimboyev tarjimasi
Ko‘p o‘qilgan
- Namoz o‘qish tartibi (rasmlari bilan)
- Peshin, asr, shom, xufton namozlari
- Qur'oni karim ma'nolari va qiroati
- Salovotlar. Istig'for duolari
- Namoz kitobi
- Najotkor duolar
- Tahorat olish tartibi (rasmlari bilan)
- 6 diniy kalima
- Azon
- Namozdan keyingi zikrlar
- Ro‘za kitobi
- G‘usl, tayammum
- Tahorat kitobi
- Namozdan so‘ng o‘qiladigan boshqa duolar
- Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
- Payg’ambar alayhis-salomning vafot etishlari
- Jamoat kitobi
- Hayit va jum'a namozlari
- Xotinning eriga itoatsizlik qilishi
- Namoz haqida oyat va hadislar
So'nggi maqolalar
- Mujohid ibn Jabr
- Abu Usayd Molik ibn Robia
- Xotib ibn Abu Balto
- Abon ibn Said
- Budayl ibn Varqo
- Abu Sa’laba Xushaniy
- Abu Umoma Bohiliy
- Abu Mahzura Jumahiy
- Abu Abs ibn Jabr Ansoriy
- Rofeʼ ibn Xudayj
- Zaydul Xoyr
- Ummu Kulsum binti Uqba
- Qays Ibn Sa’d
- Navfal ibn Horis
- Solim ibn Ubayd
- Ka’b ibn Zuhayr
- Mehron ibn Mofina
- Hanzala ibn Abu Omir
- Abdulloh ibn Muborak
- Qutayba ibn Muslim
2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.