background
logotype
image1 image2 image3

Qo‘shnichilik vazifasi

Imom A’zam (r.h.)ning majusiy qo‘shnilari bo‘lib, har kecha mast holda u zotning tinchlarini buzish, namozlariga xalal berish maqsadida atayin ovozini baland ko‘tarib ashula aytar, shovqin ko‘tarar edi. Bir kuni tunda Imom A’zam (r.h.) odatdagidek ibodat bilan mashg‘ul bo‘lib tursalar, qo‘shnining uyidan hech qanday tovush kelmabdi. Xavotirlanib chiqib qarasalar, qo‘shni uyida yo‘q. Atrofdagilarning shikoyati tufayli mirshablar uni olib ketishgan ekan. Ertasiga tong saharda Imom A’zam (r.h.) hibsxonaga borib, mirshablardan uzr so‘rab, qo‘shnilarini ozod qilib keldilar. Bundan ajablangan majusiy:

– Men sizga doimo ozor berib kelgan bo‘lsam, nega meni ozod qildingiz? – deb so‘radi. Shunda Imom A’zam javob berdilar:

– Men faqat qo‘shnilik vazifamni bajardim, xolos. Dinim meni shunga buyuradi.

Bu voqeadan qattiq ta’sirlangan majusiy, o‘sha ondayoq u zotdan uzr so‘rab, imon keltirdi.

“Irfon” taqvimining 2010 yil, 3-sonidan olindi.


2004-2019 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.