background
logotype
image1 image2 image3

Olimni mot qilgan "ajnabiy"

Muhammad Taqiy Usmoniy hikoya qiladi:
“Bir kuni xonamda o’tirsam sochlari va kiyinishi butkul g’arbona bo’lgan bir yigit oldimga kirdi. Unda iymonning miltirab turgan chirog’i ham ko’rinmasdi. Yigit savol berdi:
- Hazrat, mening ishim katta bank sohasida hisob-kitobdan iborat. Men buni Angliyada o’qib o’rganganman. Shu ishning mohiyatini bilasizmi?
- Bilaman, Hindistonda men bilgan 3 ta shu sohaning zabardasti bo’lsa, to’rtinchisi sen ekansan.”
- Mening daromadim shahar hokiminikidan ham ko’pligini bilasizmi?
- Bilaman.
- Shu ishimda xotirjam ishlab yurgandim. Bir odam menga bu ishdan keladigan daromad harom dedi. Shunga avval sizdan anig’ini so’rab bilib olayin, deb keldim. Bu ishim haqida nima deysiz?
- Sening ishingda ikkita harom amal bor: qimor va sudxo’rlik. Lekin, bir odam haromdan pul topyapti. Bilgan hunari shu. Vaqtiki, bu ishning haromligini bilgach, unga boshqa ish topish farz bo’ladi. Boshqa halol ishni esa xuddi ochdan o’layotgan kishi yegulik izlagandek izlaydi. Lekin o’sha ishni topilguncha harom ishini tashlamay turadi. Toki shayton senga halol ishni qidirib och qolding, degan vasvasani solmasin. Bu ulug’larning gapidir.
- Hazrat, men sizdan qanday ish topish kerakligini so’ramadim. Bu ishim halolmi harommi? Birgina so’zni so’radim.
- Ishing haromdir.
- Buni kim harom qilgan? Sizmi yo xudomi? 
- Alloh harom qilgan.
- Alloh harom qilgan bo’lsa, avval halolning eshigini ochib, so’ng harom qiladi. Va’da beramanki, o’lgunimga qadar eski ishimga qaytmayman.
Mening ko’zimni ochgan edi bu voqea. Bir odam “La ilaha illalloh, Muhammadur Rosululloh” dedimi, surati qandayligidan qat’i nazar bizning ehtiromimizga loyiq ekan. Mening dastlabki gumonim qanday ediyu, uning ancha-muncha olimga xos bo’lmagan tavakkuli qanday edi!  Shu yigit hozir Amerikaning eng boy musulmonlaridan...”

Yorqinjon qori ma‘ruzalari asosida tayyorlandi.


2004-2024 © islom.ziyouz.com. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko‘rsatilishi shart.